Zahiriddin muxammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti toirjanov elyor isaqovich



Yüklə 1,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/48
tarix02.01.2022
ölçüsü1,41 Mb.
#37610
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
02gimnastikapdf

4.4. Joydan joyga ko’chishlar 
Bu guruhga turli harakatdagi  joydan joyga ko’chish bilan 
bog’liq bo’lgan mashqlar kiradi. 
Saf  qadam  -  oyoqni  poldan  15-20  sm  baland  ko’tarib 
oldinga qo’yiladi (tovonni gorizontal tutish  va polga to von ning 
butun  yuzasini  qattiq  qo’yish  zarur),  qo’llar  oldinga 
harakatlantirilganda  ularni  beldan  bir  qarich  balandga  (tanadan 
har  bir  qarich  uzoqlikka)  ko’tarib,  tirsaklarda  bukiladi;  qo’llar 
orqaga  yo’naltirilganda  ularni  to’ppa-to’g’ri  tutib  yelka 
bo’g’inidan  oxirigacha  uzatiladi,  panjalar  musht  qilib  tugiladi. 
Buyruq «Shaxdam QADAM BOS!». 


64 
 
Saf  qadamining  quyidagi  turlari  ham  borki,  unda  qo’l 
harakati katta ko’lamda bajariladi (oldinga yelka balandligigacha, 
orqaga  oxirigacha  va  tanadan  chetroqda),  oyoqlar  bilan  harakat 
xuddi  saf  qadamdek  bo’ladi.  Saf  qadamining  bu  turi  ommaviy 
gimnastika  chiqishlari  va  sportchilarning  tantanali  o’tislilarida 
keng qo’llaniladi. 
Oddiy qadam saf qadamidan erkinroq harakat qilish bilan 
farq qiladi. Buyruqlar: 
“QADAM-BOS!”.  Har  qanday  qadam  bilan  harakat 
qilishda (hatto bir qadamga ham) beriladigan buyruq; 
“Oddiy  qadam  bilan  (yugurib)  QADAM-BOS!”. 
Yurishning,  yugurislrning  bir  turidan  boshqa  turiga  o’tishda  va 
harakat  chog’ida  bajariladigan  mashq  tugagandan  so’ng  oddiy 
yurishga  o’tish  uchun  beriladi.  Bajarilishi  kerak  bo’lgan  buyruq 
chap oyoqqa mo’ljallab beriladi. 
Turgan joyda harakatlanish. Buyruqlar: 
“Joyda (yugurib) QADAM-BOS!”; 
“Yetakchi, 
JOYIDA!” 
buyrugi 
yurib 
(yugurib) 
borayotgan guruhni bir qadamli masofaga yig’ish zamr bo’lganda 
beriladi, chunki mashq bajarganda, odatda, masofa uzoqlashadi. 
Joyda turib harakatlanishdan yurishga o’tish. Buyruqlar: 
“TO’G’RIGA!”. Chap oyoqdan beriladi. O’ng oyoq bilan 
turgan  joyda  qadam  bosib,  chap  oyoq  bilan  oldinga  harakat 
boshlanadi; 
“Ikki  (ikki,  uch,  to’rt  va  h.k.)  qadam  oldinga  (ortga, 
yonga) QADAM-BOS!”. 
Harakatni  to’xtatish  uchun  “Guruh  TO’XTA!”buyrug’i 
(chap  oyoqdan)  beriladi.  O’ng  oyoq  bilan  bir  qadam  bosiladi  va 
chap oyoqni o’ngga juftlashtiriladi. 
Joydan  joyga  ko’chishning  ifodasini  o’zgartirish  uchun 
quyidagi  buyruqlar  beriladi:  “Bir-birining  QADAMIGA  MOS 
kelmagan!”,  “Bir-birining  QADAMIGA  MOS!”.  Bu  buyruqni 


65 
 
bergandan  keyin,  butun  guruh  bajargunga  qadar  sanab  borish 
zarur. 
Qadam  kengligi  va  harakat  tezligini  o’zgartirish  uchun 
bunday  buyruqlar  beriladi:  “Shaxdam  QADAM  bilan”,  “Kichik 
QADAM bilan!”, “Tez, to’liq QADAM bilan!”, “Yarim QADAM 
bilan!”. 
Yugurish  harakatidagi  buyruqlar:  “YUGURIB!”.Agar 
yurishdan  yugurishga  o’tilsa  (musiqa  bilan),  bajariladigan 
buyruqlar chap oyoqdan beriladi, o’ng oyoq bilan qadam tashlab, 
chap 
oyoqdan 
yugurish 
boshlanadi, 
Musiqa 
jo’rligida 
yugurishdan  yurishga  o’tishda  bajariladigan  harakat  ham  xuddi 
shunday  “QADAM  BOS!”  buyrag’i  beriladi.  Agar  musiqa  jo’r 
bo’lmasa, “QADAM BOS!” buyrugVi o’ng oyoqdan beriladi. 
Harakat  сhog’ida  burilish.  Turgan  joyda  burilishda 
qanday  buyruqlar  berilsa  (orqaga  burilishda  beriladigan 
buyruqlar  bundan  mustasno),  harakat  chog’ida  burilishda  ham 
shunday  buyruqlar  beriladi.  O’ngga  burilish  uchun  bajariladigan 
buyruq  o’ng  oyoq  qo’yilgan  paytda  beriladi,  shundan  so’ng 
talaba  chap  oyoqni  bir  qadam  oldinga  tashlab,  chap  oyoqning 
uchida  buriladi  va  o’ng  oyoq  bilan  yangi  yo’nalishda  harakat 
qilishni davom ettiradi. 
Chap  tomonga  burilish  uchun  bajariladigan  buyruq  chap 
oyoq  qo’yilgan  paytda  beriladi;  burilish  o’ng  oyoqning  uchida 
amalga oshiriladi. 
Orqaga  burilish  uchun  ushbu  buyruq  beriladi:  “ORT-
GA!”.  Ijro  buyrug’i  o’ng  oyoq  qo’yilgan  chog’da  beriladi, 
shundan so’ng talaba chap oyoq bilan bir qadam oldinga tashlab 
turib,  shu  oyoq  uchida  buriladi  hamda  chap  oyoq  bilan  yangi 
yo’nalishda  harakat  qilishni  davom  ettiradi.  Harakat  chog’ida 
burilishni  (ayniqsa,  orqaga  burilishni)  bajarish  buyrag’i 
berilgandan  so’ng,  harakat  ritmini  saqlash  uchun  sanoq  olib 
borish maqsadga muvofiqdir. 


66 
 
Talabalar  o’ngga  va  chapga  burilishni  yaxshi  o’rganib 
olganla-  ridan  so’ng,  orqaga  burilishni  o’rgatish  uchun,  ularni 
bo’limlarga bo’lib o’rgatgan ma’qul. 
Qanot bilan oldinga yurib front yo ‘nalishini o’zgartirish. 
Buyruqlar: 
  (boshlanishi)  “Oldinga  o’ng  (chap)  yelka  bilan 
QADAM 
BOS!”  (harakatlanishvaqtida  “QADAM”  so’zi 
aytilmaydi).  Bu  buyruq  bo’yicha  guruh  qatordagi  safini 
buzmasdan,  chap  qanotdagi  talabaning  atrofida  yuradi,  chap 
qanotdagi  talaba  esa  turgan  joyida  odimlab,  qatordagi  tekislikni 
saqlagan holda butun qator bilan birgalikda buriladi; 
  (tugashi)  “TO’G’RIGA!”  yoki  “JOYDA!”  yoki  guruh 
“TO’XTA!”, “JOYDA!” yoki guruh “TO’XTA!”. 
Aylanib  yurish.  Buyruq:  “CHAPGA  (o’ngga)  aylanib 
o’tishga  QADAM  BOS!”.  Agar  buyruq  talabalar  harakat 
qilayotgan  paytda  berilsa,  bu  holda  “QADAM  BOS!”ijro 
buyrug’i zalning burchagidan berilishi kerak (16-rasm). 
Diagonal  bo’ylab  harakat  qilish.  Buyruq  “Diagonal 
bo’ylab QADAM BOS!” (17-rasm). 
Teskari  yo’nalishda  harakatlanish.  Butun  ketma-ket 
safning yetakchisi orqasidan teskari yo’nalishda harakat qilishdir. 
Buyruq«O’ng  (chap)ga  qarama-qarshi  QADAM  BOS!»  (18-
rasm). 
«Ilon  izi»bo‘lib  yurish.  Birin-ketin  bajarilgan  bir  nechta 
teskari  yo’nalishlardan  iborat  yurish  dir.  Buyruqlar:  “O’ng 
(chap)gaQARAMA-QARSHI QADAM BOS!”, “Ilonizi yo’nalish 
bo’yicha QADAM BOS!” (19-rasm). 
Doira  yasab  yurish.  Buyruq  “Doira  bo’ylab  QADAM 
BOS!”.  Ijro  buyrug’i  zalning  yoki  maydonning  o’rtasidan 
beriladi.  Doiraning  hajmini  belgilash  uchun  oraliq  masofa 
aytiladi. 


67 
 
 
116-ram. 
 
117-rasm. 
 
118-rasm.
 
119-rasm. 

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin