Odatda, barcha zamburug’li kasalliklar terining yengil va sezilmaydigan qipiqlanishidan boshlanadi. Biroq, har bir turi ma’lum bir alomatlar bilan tavsiflanadi:
Keratomikoz — bu epidermisga ta’sir etadi, yallig’lanishni keltirib chiqarmaydi, shikastlangan dermatomalarning qipiqlanishi, pigmentatsiyaning o’zgarishi xarakterlidir. Shikastlanish o’choqlari turli o’lcham va shakllarga ega.
Dermatofitiyalar — bunda epidermis va uning ortiqalari jalb etiladi, yallig’lanish jarayoni rivojlanishi ehtimoli mavjud. Oyoq, sochlar, chov qatlamlari haddan tashqari qipiqlanish yoki qizarish bilan tavsiflanadi, yoriqlar, namlanish shakllanadi. O’choqli alopetsiya, tirnoqlarning rangi va qalinligi o’zgarishi kuzatiladi.
Kandidozlar — oq rangli o’choqlar paydo bo’ladi, ularning ostida qizarishlar aniqlanadi. Og’riq yoki qichishish bilan birga kechishi mumkin.
Chuqur mikozlar — bu terining, ichki a’zolarning tizimli, massiv shikastlanishi bo’lib, zamburug’larning organizm bo’ylab disseminatsiyali tarqalishi bilan birga kechadi. Kechishi tabiati o’tkir yoki surunkali bo’lishi mumkin.
ZAMBURUG’LI KASALLIKLARNI TASHXISLASH
Tashxis mikroskopik va madaniy ekish tadqiqot usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Mikroskopik tashxis quyidagi choralarni o’z ichiga oladi:
Bemordan tekshirish uchun soch, terini tangachalari yoki tirnoq qirindisi olinadi. Shuningdek, mitseliyning sporalari, gaz pufakchalari, yirik zamburug’ fragmentlari ham qayd qilinadi. Madaniy usul shikastlanishga sabab bo’lgan mitseliy turini aniqlash imkonini beradi. U zamburug’larni oziqa muhitida o’stirish va ularning o’sishi xarakteri va hosil bo’lgan kolonniyani baholashdan iborat.
Patologiyalarni davolash va tegishli kompleks terapiyani tayinlash bilan shifokor-dermatolog shug’ullanadi. Terapiyada turli xil farmokologik shakllar qo’llaniladi: tabletkalar, malhamlar, kremlar, kukunlar, aerozollar va ularning kombinatsiyasi, masalan, bir vaqtning o’zida tabletka ichish va malhamlarni surtish.
Immunoterapiya — organizmning himoya xususiyatlarini (immunitetini) rag’batlantirish va vitaminli terapiya ortiqchalik qilmaydi. Tizimli zamburug’larga qarshi vositalardan itrakonazol, flukonazol, terbinafin gidroxlorid, ketokonazol ajratiladi. Mitseliydan qutulish uchun 60%li giposulfit natriy eritmasi, so’ngra 6%li xlorid kislotasi eritmasi bilan artish belgilanishi mumkin. Boshning sochli qismi shikastlanganda, ketokonazol asosli shampunlar buyuriladi.
Kandidozni davolashda: antibakterial dorilarni qabul qilishni to’xtatish, tizimli antifungal terapiya, zamburug’larga qarshi dori vositalari, malhamlar (lamizil, klotrimazol) va kremlarni va ichak mikroflorasini tiklash uchun preparatlarmi (probiotiklar) qo’llash ko’rsatiladi.
OLDINI OLISH
Zamburug’li kasalliklarni oldini olish uchun oddiy profilaktika choralariga rioya qilish kerak. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish: kishi o’z tarog’i, oyoq kiyimlaridan foydalanishi kerak. Mushuk, it, sigir, ot kabi hayvonlar bilan yaqin kontakda bo’lgandan keyin qo’llarni yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.