Zamburug’li kasalliklar — tasnifi, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish



Yüklə 356,79 Kb.
səhifə1/2
tarix24.05.2022
ölçüsü356,79 Kb.
#59216
  1   2
ZAMBURUG’LI KASALLIKLAR — TASNIFI, ALOMATLARI, TASHXISLASH

ZAMBURUG’LI KASALLIKLAR — TASNIFI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH VA OLDINI OLISH

Bajardi: 202 guruh talabasi Maxmudov Asadbek

Mundarija:

  • 1 Zamburug’li kasallik turlari
  • 2 Zamburug’li kasallik sabablari
  • 3 Alomatlari
  • 4 Zamburug’li kasalliklarni tashxislash
  • 5 Zamburug’li kasalliklarni davolash
  • 6 Oldini olish

ZAMBURUG’LI KASALLIKLAR — TASNIFI, ALOMATLARI, TASHXISLASH, DAVOLASH VA OLDINI OLISH

  • Zamburug’li kasalliklar (mikozlar) — bu organizmning patologik holati bo’lib, inson va hayvon terisi va shilliq qavatlarida parazitlik qiluvchi mikroorganizmlarning (zamburug’larning) hayotiy faoliyati ta’sirida yuzaga keladi.

ZAMBURUG’LI KASALLIK TURLARI

  • Keratomikoz (turli rangli lishay, cherepitsasimon mikoz, piedra);
  • Dermatofitiyalar (trixofitiya, mikrosporiya, favus, chov qatlamlarining epidermofitiyasi, oyoq mikozi);
  • Kandidozlar (yuzaki, teri va shilliq qavatlarga tarqaladi; generallashgan, Janubiy Amerikacha, Busse-Bushke, Djilkrayst kandidozi, keloid blastomikoz);
  • Chuqur (xromomikoz, sporomikoz, gistoplazmoz, koksidioz, mitsetoma);
  • Psevdomikozlar (eritrazma, aktinomikoz).

Biroq, dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida zamburug’li kasalliklarni patologik jarayonning lokalizatsiyasi bo’yicha tasniflash qabul qilingan, unga ko’ra:

  • Tinea pedis — oyoq mikozi;
  • Tinea corporis — tananing silliq terisi mikozi;
  • Tinea cruris — chov mikozi;
  • Tinea capitis — boshning sochli qismi mikozi;
  • Tinea unguim — onxiomikoz (tirnoq zamburug’i);
  • Tinea manum — bilak mikozi;
  • Tinea barbae — yuz mikozi.

ZAMBURUG’LI KASALLIK SABABLARI

  • Ko’pincha ipli tuzilmalar yoki dermatomitsetalar (trixofiton, mikrosporon, axorion) kuzatiladi. Zamburug’larning ikkinchi guruhi — Kandida avlodiga mansub achitqi zamburug’lari. Kasallik manbalari kasallangan hayvonlar yoki odamlar hisoblanadi.
  • Infektsiyalanish inson yoki hayvon tanasining nuqsonli qismi bilan yaqin kontakt qilish, shuningdek, bemorning ifloslangan buyumlari bilan aloqada bo’lish orqali sodir bo’ladi.
  • Zamburug’lar tashqi muhitda juda barqaror bo’lgan sporalar bilan ko’payganligi sababli ular kundalik buyumlarga, epidermis yoki shilliq qavatlarning boshqa joylariga tushadi va ularda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladi. Go’zallik salonlari, sartaroshxonalar, basseynlar, hammomlar, manikyur salonlariga tashrif buyurish paytida zamburug’li kasalliklar bilan kasallanish xavfi mavjud. Ortqicha terlash (gipergidroz), immunitetning pasayishi, terida shilinish va yoriqlar mavjudligida, avitaminozlar va shaxsiy gigiena choralariga rioya qilmaslik bilan bog’liq patologiya paydo bo’lishi hollari mavjud.

Yüklə 356,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin