10
VI. TALABANING MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA HISOBOTI, UNI
HIMOYA QILISH TARTIBI VA BAHOLASH MEZONLARI
Tanishuv amaliyoti yuzasidan hisobot har bir bo‘lim va sho‘ba bo‘yicha alohida
tuziladi. Asosiy bo‘limlar bo‘yicha talaba hisobotda quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
̶
har bir ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda amaliyot yuzasidan amalga
oshirilgan ishlarni;
̶
moliya bo‘limida foydalaniladigan dasturlar
bilan tanishib chiqqanligini;
̶
amaliyot obyektidagi ish yuritish hujjatlari hamda ularning turlari bo‘yicha
tavsifini.
Har bir yoritilgan bo‘limlar faoliyati amaliy misollar va rasmiylashtirilgan
hujjatlar bilan to‘ldirilishi kerak. Agar hujjatlarning nusxalarini
olish imkoniyati
bo‘lmasa, bo‘sh blankalarni qo‘lda ham to‘ldirish mumkin. Hisobotda o‘rganilishi
lozim bo‘lgan har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, ilova qilingan
hujjatlarga izoh berish talab etiladi.
Tanishuv amaliyoti tugagandan so‘ng, talaba tomonidan 3
ish kuni ichida
buyruqdan ko‘chirma, talaba tomonidan to‘ldirilgan hamda moliya bo‘limidagi
amaliyot rahbarining xulosasi ko‘rsatilgan kundalik, amaliyot dasturida ko‘rsatilgan
har bir bo‘lim bo‘yicha bajarilgan va o‘rganilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirilishi
lozim.
Tanishuv amaliyoti bo‘yicha hisobotning himoyasini
qabul qilish orqali
talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil
fikrlay olish qobiliyati, uning
dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay olishi, amaliy bilim darajasi
alohida hisobga olinadi. Amaliyot hisobotini baholash kredit-modul tizimining 100
ballik mezonida amalga oshiriladi va natijasi himoya komissiyasi tomonidan tegishli
tartibda rasmiylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: