Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur: 1. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basi faoliyati tavsifi; 2. Moliya bo‘limining oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sho‘basining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni. 8-mavzu. Moliya bo‘limining byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksiya va vazifalari Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi
sho‘basi faoliyati va funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan
ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotda aks ettirilishi zarur: 1. Moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basi faoliyati tavsifi; 2. Moliya bo‘limining Byudjet ijrosi va hisobi sho‘basining funksional vazifalari va majburiyatlari bayoni. 9-mavzu. Moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar Ushbu mavzu bo‘yicha talaba moliya bo‘limining faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishadi. Shuningdek, amaliyot obyektining
moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘linmalar xodimlarining vazifalari, majburiyatlari
va huquqlarini tartibga soluvchi hujjatlarni o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida
jamlangan ma’lumotlar asosida bayon yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha quyidagilar hisobotga ilova qilinishi lozim: 1. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi qarorlari; 3. Amaliyot obyekti faoliyatini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari.