8
IV. MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING
MAJBURIYATLARI
Tanishuv amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli moliya bo‘limida o‘rnatilgan
ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik
texnikasi va tanishuv sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur.
Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni
bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda
ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba institut
dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib
borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi:
Sana
Amaliyotdagi ish joyi
Bajarilgan ishlar
Moliya bo‘limidan
biriktirigan amaliyot
rahbarining imzosi
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya
bo‘limining
mas’ul xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z
imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Talaba moliya bo‘limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini
umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va
sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija,
ilovalardan tashqari, kamida 25 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot
kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
̶
kirish;
̶
har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq
ochib berilgan amaliyot natijalari;
̶
amaliy ma’lumotlar;
̶
moliya bo‘limi tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;
̶
ilovalar.
Talaba amaliyot obyektidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak:
̶
kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani
mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi):
̶
tavsifnoma;
̶
buyruq yoki undan ko‘chirma.
Dostları ilə paylaş: