9
V. MALAKAVIY AMALIYOTI BO‘YICHA AMALIYOTDAN VA INSTITUT
TOMONIDAN TAYINLANGAN RAHBARLARNING MAJBURIYATLARI
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbarning majburiyatlari
Talabalar amaliyot o‘tashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
hududiy moliya bo‘limlarining tegishli buyrug‘i bilan
qabul qilinadilar va ularga
amaliyot rahbari tayinlanadi. Amaliyot bo‘yicha rahbar amaliyot boshlanishi bilan bir
kun ichida amaliyot grafigini quyidagi shaklda tuzishi va shu grafik asosida talabaning
amaliyot o‘tashini nazorat qilib borishi talab qilinadi:
Ish joyi
Ish joyidagi
rahbarining
ismi-sharifi
Amaliyotning
boshlanish
muddati
Amaliyotning
tugash muddati
Hisobotni
rasmiylashtirish va
topshirish
muddatlari
Moliya bo‘limining rahbariyati tomonidan tasdiqlangan grafik asosida
amaliyot
rahbari talabaning amaliyoti davomida bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga joylashtiradi
va nazorat qilib turadi. Har bir belgilangan ish joyida amaliyotga moliya bo‘limi
tomonidan tayinlangan mas’ul xodim rahbarlik qiladi.
Moliya bo‘limi tomonidan tayinlangan rahbar
amaliyotni tashkil qilishda,
talabaga hisobot uchun ish hujjatlarini yoki nusxalarini yig‘ishga yordam beradi.
Amaliyot rahbari talabaning amaliyot dasturida belgilangan ishlarni o‘z vaqtida
to‘liq bajarilishini, har kuni bajarayotgan ishlarini kundalikda yozib borishini nazorat
qiladi. Amaliyot tugagandan so‘ng, amaliyot rahbari talabaning
amaliyot davridagi
faoliyati bo‘yicha ko‘nikmalarni talabaning
kundaligiga yozib beradi,
shuningdek,
talabaga amaliyot o‘taganligi bo‘yicha tavsifnoma beradi.
Dostları ilə paylaş: