2
3
KIRISH
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib
borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan fanlar bo‘yicha
bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uzviyligida malaka
hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda tanishuv amaliyotining o‘rni
beqiyos.
Tanishuv amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya va moliyaviy
texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun iqtisod majmuining ma’lum
tarmoqlari bilan tanishtirish, umumta’lim va umumkasbiy fanlar bo‘yicha nazariy
bilimlarini
mustahkamlashdan
iborat.
O‘zlashtirgan
nazariy
bilimlarini
chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita malaka talablariga muvofiq mustaqil
ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini
shakllantirishdan iborat.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligining 2018-yil 25-avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Oliy
ta’lim 230 000 - iqtisod ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 1998-yil 30-oktabrdagi 305-son
buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari
talabalarining malakaviy amaliyoti to‘g‘risida”gi Nizom talablariga mos ravishda
ishlab chiqilgan.
Dasturda tanishuv amaliyotining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari,
institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari va
majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi
bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |