Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat



Yüklə 419,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix16.08.2023
ölçüsü419,1 Kb.
#139618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 курс малакавий амалиёт дастури танишув (4)

 
 



IV. MALAKAVIY AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING 
MAJBURIYATLARI 
 
Tanishuv amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli moliya bo‘limida o‘rnatilgan 
ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik 
texnikasi va tanishuv sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur. 
Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni 
bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda 
ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba institut 
dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib 
borishi lozim. Kundalikda bajarilgan ishlar quyidagi shaklda yozib boriladi: 
Sana 
Amaliyotdagi ish joyi 
Bajarilgan ishlar 
Moliya bo‘limidan 
biriktirigan amaliyot 
rahbarining imzosi 
 
 
 
 
Har bir ish kunining oxirida shu kungi amaliyot uchun rahbarlik qilgan moliya 
bo‘limining
 
mas’ul xodimi talabaning bajargan ishlarini kundalik daftariga o‘z 
imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi. 
Talaba moliya bo‘limida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini 
umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va 
sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija
ilovalardan tashqari, kamida 25 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot 
kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 
̶
kirish; 
̶
har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq 
ochib berilgan amaliyot natijalari; 
̶
amaliy ma’lumotlar; 
̶
moliya bo‘limi tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar; 
̶
ilovalar. 
Talaba amaliyot obyektidan quyidagilarni olishi va tasdiqlatishi kerak: 
̶
kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani 
mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi): 
̶
tavsifnoma; 
̶
buyruq yoki undan ko‘chirma. 

Yüklə 419,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin