Zamonaviy avtomobillarning ta\'minlash tizimiga texnik xizmat ko\'rsatish
Oddiy karbyuratorni vazifasi, ishlash printsipi, qisqacha tavsifi
Karburatorli dvigatellarda yonilg'i sifatida benzin qoilamladi. Benzin neftni qayta ishlash mahsuloti bo’lib , uglerod va vodoroddan iborat murakkab kimyoviy birikmadir.
Karburatorda tayyorlanib, kiritish quvurlari orqali silindrlarga uzatilgan benzinning mayda tomchilari va bug’lari hamda havodan tarkib topgan aralashma- yonuvchi aralashma deyiladi.
Silindrlarga kiritilgan yonuvchi aralashma oldingi-chiqarish jarayonidan qolgan gazlar bilan aralashib, ish aralashmasini tashkil qiladi.
Ish aralashmasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Aralashma tarkibi dvigatelning har bir ish rejimiga mos ravishda bo‘lishi kerak;
Benzin aralashmada bug‘simon holatda bo‘lishi kerak;
Har bir silindr ichida, shuningdek hamma silindrlarda aralashma bir tarkibli bo’lishi kerak.
Ish aralashmasiga kiruvchi moddalar miqdorini bevosita aniqlash imkoniyati yo'qligi tufayli, hamma mulohazalarni silindrlarga kiritilayotgan yonuvchi aralashmaga qaratamiz.
Yonuvchi aralashmaning tarkibi havo ortiqlik koeffitsiyenti (α) bilan baholanadi. Yonish jarayonida ishtirok etayotgan haqiqiy havo miqdorining (L) yonilg’ini to’la yonishi uchun zarur bo’ladigan nazariy havo miqdoriga (Lo) nisbati havo ortiqlik koeffitsiyenti deyiladi.
Har xil yonilg’ilarning to’la yonishi har xil nazariy miqdordagi havo miqdorini talab qiladi. 1 kg benzinning to’la yonishi uchun nazariy jihatdan me’yoriy atmosfera bosimi va 20°C haroratda 15 kg (12,5 m2) havo kerak bo’ladi. Bunday nazariy to‘g‘ri tarkibdagi aralashma (α=l,0) me’yoriy deyiladi.
Amalda nazariy aralashmada benzin to’la yonmaydi. To’la yonishni ta’minlash uchun 1 kg benzinga 17-18 kg havo darkor bo’ladi. Lekin aralashmadagi ortiqcha havo, benzinning to’la yonishini orttirish bilan birga yonish tezligining pasayishiga olib keladi. Bu esa, o ‘z navbatida dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi.