Zamonaviy avtomobillarning ta’minlash tizimiga texnik xizmat ko’rsatish



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə11/12
tarix28.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#103877
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Zamonaviy avtomobillarning ta\'minlash tizimiga texnik xizmat ko\'rsatish

7-Rasm. Oddiy karbyurator.


  1. qalqi; 2-ignali klapn; 3-taqsimlagich; 4-qalqovichli kamera; 5-havo zaslonkasi; 6-diffuzor; 7-drossel zaslonkasi; 8-klapn; 9-slindr; 10-aralashtirish kamerasi; 11-jiklyor.

Benzin qalqovichli kameraga yonilg'i bakidan kanal orqali oqib keladi. Qalqovichli kamerada benzinda ichi kovak suzib yuruvchi qalqovich o'rnatilgan va unga ignasimon klapan tayanib turadi. Qalqovichli kameradagi benzin sathi me’yoriy balandlikka ko'tarilganda , qalqovich shunchalik suzib chiqadiki, ignasimon klapanni uyasiga zich taqab , benzin oqib tushishini to'xtatadi. Kamerada benzinning sarflanishi natijasida sath pasaya boshlaydi va qalqovich pastga suzib, ignasimon klapan benzin
tushish yo'lini ochadi. Benzinning oqib tushishi, benzin me’yoriy sathga ko'tarilmaguncha davom etaveradi. Shunday qilib, qalqovich kameradagi benzinning me’yoriy sathini muayyan ushlab turadi.
Karburatorning havo patrubkasiga o‘zgaruvchan ichki diametrli diffuzor atalmish qism o'rnatilgan. Diffuzorning eng tor qismiga purkagichning uchi joylashtirilgan. Diffuzor havo patrubkasidan o‘tayotgan havo tezligini keskin oshiradi va bosimni kamaytiradi.
Silindrlarga kiritilayotgan yonuvchi aralashma miqdori o‘qqa o‘rnatilgan ovalsimon latun plastina ko'rinishidagi tortqilar tizimi orqali haydovchi kabinasidagi akselerator pedali bilan ulangan drossel zaslonkasi yordamida boshqariladi.
Drossel zaslonkasini ochib yoki yopib, istalgancha o‘tkazish kesimining yuzasini ko'paytirib yoki ozaytirib, tegishli ravishda yonuvchi aralashma sarfini, ya’ni dvigatel quvvatini o'zgartirish mumkin.
Zamonaviy avtomobil dvigatllarining ta`minlash tizimida D-jetronik, K- jetronik, KE-jetronik, L-jetronik, LH-jetronik, MONO-jetronik, MAP-sensorli yonilg`i purkash tizimlari qo`llaniladi.

8-Rasm. Ingektorli taminlash tizimining rivojlanish bosqichlari.


“GM-Uzbekistan” AJ avtozavodida ishlab chiqarilayotgan “Matiz”,“Damas”, “Nexia” va “Lasetti” avtomobillarining bеnzin yonilg’isida ishlaydigan motorlarini ta'minlash tizimi ishlash prinsipi quyidagichadir. Bunda yonilg’i yonilg’i bakidan yonilg’i nasosi orqali tortib olinib, quvurlar yordamida yonilg’i filtriga yuboriladi. Yonilg’i tozalangandan so’ng quvur orqali injеktor rеykasiga yuboriladi, u yеrda yonilg’i bosimini sozlagich yordamida kеrakli bosim hosil qilinib, injеktor klapanlariga yuboriladi. Injеktor klapanlari yuqori bosimdagi yonilg’ini, har bir ishchi silindr oldida, kiritish kollеktoridagi havoga sochib bеradi va shu usulda yonuvchi aralashma hosil qilinadi. Bunday usulda yonuvchi aralashma hosil qilish injеksiya va uni tayyorlovchi asbob, hamda tizim injеktor dеb ataladi.





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin