«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya



Yüklə 181,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix14.09.2023
ölçüsü181,17 Kb.
#143526
1   2   3   4
«Zamonaviy dunyoda 
amaliy fanlar: muammolar va 
yechimlar
» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
tuproq qatlamini tiklash uchun j
uda ko‘p yillar kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda 
shamol eroziyasi 37,3 mln. gektar, jumladan 2 mln gektardan ko‘p maydon 
haydalma yerlarda tarqalgan. 
Agrotexnika tadbirlari - tuproqlarni eroziyadan himoyalash imkonini 
beradigan ko‘p yillik o‘tlar va bir yillik
ekinlardan foydalanish, erni ishlashning 
maqbul usulini qo‘llanish, qor to‘plash va qor suvlarining oqimini tartibga 
solishning maxsus tadbirlaridan foydalanish, shuningdek tuproq unumdorligini 
oshirishning agrokimyoviy vositalaridan foydalanish singarilardan tashkil 
topgan. 
Tuproqning eroziyalanish darajasi oshgan sayin, uning o‘g’itlarga bo‘lgan 
talabi ko‘payadi. Natijada qo‘llaniladigan o‘g’itlarning samarasi yuqori bo‘ladi. 
Shuning uchun o‘g’itlar normasi eroziyalanmagan tuproqlarga nisbatan o‘rtacha 
eroziyalangan erlarda 20 foizga, kuchli eroziyalangan maydonlarda 50 foizga 
oshiriladi. 
Erda nam etarli to‘planganda o‘g’itlar yaxshi samara beradi va oziq 
moddalarning cuv bilan oqib ketishi kamayadi hamda suv havzalari kam 
ifloslanadi. 
Irrigatsion eroziya
ning oldini olishda sug’orish texnikasiga jiddiy rioya 
qilish zarur. Shu maqsadda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi: 
-maydon nishabligi 2-
3 0 va egatning uzunligi 50 m bo‘lganda sug’orishning 
boshida har egatdagi suv oqimmi sekundiga 0,0
7 litr bo‘lishi, egatlar chekkasi
namlanib bo‘lgandan keyin oqim sekundiga 0,1 litrga etkazilishi mumkin;
- qiyalik 3-
4 0 va egatning uzunligi 100 m gacha bo‘lganda sekundiga 0,15
-
0,10 litr va qiyaligi 4-
60 bo‘lganda esa sekundiga 0,10
-
0,05 litr bo‘lishi 
lozim; 

o‘ta qiya paxta dalalarida suv oqimini o‘zgartirib turish, kollektordan 
suvni oqizmasdan sug’orishni keng qullash zarur;

sug’oriladigan dalalarni sug’orish texnikasining maqbul elementlarini 
tanlab qo‘llanish mumkin bo‘ladigan qilib tekislash ha
mda paxta dalasining bir 
tekis namiqishiga va suvning tejab sarflanishiga erishish lozim; 

g’o‘zani va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarni sug’orish uchun xar bir egatga 
beriladigan suv oqimini rostlab turishga imkon beradigan egiluvchan hamda 
yarim egiluvchan shlanglardan keng foydalanish
- eroziya etkazadigan zararni ancha kamaytirish imkonini beruvchi 
eroziyaga qarshi kurashning boshqa samarali tadbirlarini qo‘llash muhim 
ahamiyatga ega. 
Eroziyaning oldini olish va unga qarshi kurashda o‘rmon
-melioratsiya va 
gidrotexnika tadbirlarining kompleks usuli yaxshi samara beradi.

Yüklə 181,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin