91
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
JAMIYAT RIVOJIDA OILANING OʻRNI
Yoqubboyeva Dilfuza Muminovna
Toshkent viloyati Qibray tuman
Kasb-hunar maktabi tarix fani o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7461116
Annotasiya
: Oila jamiyatning quyi asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga
kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda
yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart.
Uiarning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin.
Lekin bunday oilada
yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi.
Kalit soʻzlar:
oila, jamiyat,tarbiya, turmush, farzand,mahalla, davlat
Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki,
jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning
dastlabki elementi oilada
vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan
atrof-muhit, mol-mulkka bo'lgan munosabati
yoshlarning shu masalalarga
munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa
tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta ’kidlash
bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun
o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq,
“Oila- jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va
davlat muhofazasida
bo`lish huquqiga ega “ deb , ko`rsatib o`tilgan. Albatta jamiyatning paydo
bo`lishida oilaning roli beqiyosdir. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi ,
jamiyatning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko`rsatdi. Davlat
doimiy ravishda
oila manfaatlarini barcha jabhalarda himoya qilib, ularga keng imkoniyatlar
yaratib beradi.
1991 yil mustaqqillikka erishganimizdan so`ng, davlat oilaviy
munosabatlari sohasida tub islohotlarni amalga oshirila boshladi. Jumladan,
1992 yilda O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
farmoni bilan tashkil
qilingan “Mahalla xayriya jamg`armasi” kam ta'minlangan oilalarga,
boquvchisini yo`qotgan shaxslarga moddiy jihatdan kata yordam ko`rsatdi va
ularga keng shart-sharoitlar yaratdi. 1993 yil 4-martda birinchi Prezidentimiz
farmoni bilan “Sog`lom avlod uchun” ordeni tashkil etildi. Bu orden onalik va
bolalikni
muhofaza qilish, yosh avlodning salomatlini saqlash hamda yoshlarni
vatan tuyg`usida tarbiyalash ishlarida o`zining xizmatlari bilan tanilgan
shaxslarga berildi.
Har qanday davrda ham jamiyat va davlat aholi sonining bir maromda o’sib
borishi, muayyan an’analar va
muqaddas udumlarning saqlanib, avloddan-