«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 37,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü37,97 Kb.
#203232
1   2   3   4
ZDIF2512

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
faoliyat me’yori mavjudlik shartlari hamda shaxsning o‘zi va guruhli faoliyat 
jarayonidagi faolligi bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi. Bu individual hamda 
birgalikdagi faoliyatning bir- birini to‘ldirishi va boyishini ta’minlaydi. 
Shuningdek, hamkorlikdagi faoliyatning individual tarzda yo‘naltirilgan hamda 
ijtimoiy me’yorlangan shart-sharoitlarini vujudga keltiradi. 
Bu jarayonda o‘qituvchi faoliyati o‘zining aniq uslubiga ega bo‘lishi lozim. 
Mazkur uslub quyidagilar bilan xarakterlanadi [4]: 
1.Hissiy ko‘tarinkilik hamda badiiy ijodkorlik uslubiga egalik.
2.Hissiy-metodik. 
3.Bahs-munozara shaklidagi hamkorlik. 
4.Fikriy-metodik. 
O‘qituvchilarning o‘z faoliyatlari sub’ekti sifatida uzluksiz rivojlanishlarini 
ta’minlash quyidagi shart-sharoitlarga bevosita bog‘liqdir: 
-
pedagogik hamkorlikka asoslangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish 
hamda o‘qituvchilarning uni samarali amalga oshirishiga tayyorlash; 
-
pedagogik hamkorlikka asoslangan ta’lim mazmuni va o‘qituvchilarning 
uni amalga oshirishda metodik jihatdan tayyorlash tizimini joriy etish; 
-
o‘qituvchilarni hamkorlikka 
asoslangan pedagogik jarayonni
tashkil 
etishga tayyorlashga xizmat qiladigan metodik topshiriqlar 
bilan qurollantirish; 
-
o‘qituvchilarning hamkorlikdagi ta’lim jarayonini amalga oshirish 
sohasidagi kompetensiyalarini rivojlantirish. 
Birgalikdagi pedagogik faoliyat jarayonida talabalarning faoliyatlari ham 
muayyan darajadagi o‘ziga xos tarkibga ega bo‘ladi. 
Faoliyatning ikkita mustaqil qirrasi – o‘qish va o‘rganish hamda o‘qituvchi-
talaba orasidagi muloqot tizimi hamkorlik jarayonidagi o‘zaro munosabatlarni 
aniqlash imkonini beradi. Bu o‘rinda o‘qituvchi va talaba orasidagi muloqot ular 
orasidagi munosabatlarining o‘ziga xos ifodasi bo‘la oladi. Shuning uchun ham 
pedagogik jarayondagi muloqot faoliyatning asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Mazkur tizim o‘qituvchi bilan talabalar orasidagi munosabatning 
mazmun-mohiyatini belgilaydi [5]. 
O‘qituvchi mehnatining mazmuni – talabalarning aqliy-ruhiy rivojlanishiga 
ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Bu jarayonda o‘qituvchining talabalar muloqotga 
kirishishining asosiy usuli sifatida ruhiy hamkorlik qilishi namoyon bo‘ladi. 
Muloqot talabalarga ajdodlar merosini va o‘zbek xalqining asrlar davomida 
yaratgan madaniy boyliklarini bevosita o‘zlashtirish imkonini beradi. 
O‘qituvchining nutqi asosiy vosita sifatida talabalarning madaniy boyliklar bilan 
muloqotga kirishishlarini ta’minlaydi. Ular o‘qituvchining nutqi yordamida 


56 

Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin