«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 37,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü37,97 Kb.
#203232
1   2   3   4
ZDIF2512

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
tafakkur usullari va uning mazmunini o‘zlashtiradilar. Shuning uchun ham 
o‘qituvchi yuqori darajadagi nutqiy madaniyat ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishi, 
boy so‘z zaxirasi, yuqori darajadagi talaffuz, ohang maromini o‘zlashtirishi, aniq 
diksiyaga ega bo‘lishi lozim. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchi bilan talabalar orasidagi 
hamkorlikni o‘rnatishda pedagogning nutqi asosiy o‘rin egallaydi. Chunki 
o‘qituvchining nutqi o‘zaro muloqot va hamkorlikning verbal ko‘rinishdagi 
tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina o‘qituvchilar hanuzgacha 
noverbal muloqot mohiyatini to‘laligicha anglab yetmaganlar. O‘qituvchi bilan 
talabalarning o‘zaro munosabatlarida noverbal muloqot bir qator yo‘nalishlarda 
amalga oshiriladi: 
-
xatti-harakatlar yordamida; 
-
dahldorlik asosida; 
-
jestlar, ohanglar yordamida; 
-
muloqotdagi masofa orqali; 
-
vizual xarakterdagi o‘zaro hamkorlik vositasida. 
Biz o‘qituvchi-talaba munosabatlari doirasida noverbal muloqotning 
tarkibiy qismlarini tahlil qilishga harakat qildik. Muloqotning mimika bilan 
bog‘liq jihati o‘qituvchi va talabalar orasida aloqa o‘rnatishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, bir- birlarining fikrlarini tez uqib olish imkonini beradi. 
O‘z vaqtida amalga oshirilgan tabassum, o‘ziga ishonchning o‘qituvchi yoki 
talaba qiyofasida aks etishi muloqot qilishga moyillik, ular orasida ijobiy aloqa 
o‘rnatilishiga asos bo‘ladi. 
Aksariyat o‘qituvchilar yuzlariga maxsus ifoda berib talabalarga ta’sir 
ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar. Ularning yuzidagi qat’iy ifoda sinfda bosimni 
kuchaytiradi. O‘qituvchining mazkur qiyofasi talabalarni mahv etish uchun 
o‘ylab topgan yuz ifodasi garchand vaqtinchalik talabalarning intizomli 
bo‘lishlari, yaxshi o‘qishlariga ko‘maklashib, pedagogning talabalar jamoasini 
boshqarishini osonlashtiradi. Shu bilan birga, o‘qituvchi muayyan talabalarga 
nisbatan yuz qiyofasini o‘zgartiradi. Biroq, pedagoglar bu kabi holatlardan 
uzoqlashishlari kerak [4]. 

Yüklə 37,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin