Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
I.M.Sattarova
ADU
M.Abdulmadjidova
ADUPI
Annotatsiya: Maqolada talabalarning ijodiy fikrlarini faollashtirishi va har bir
masalada erkin ilmiy munosabatda bo‘lish. Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy
tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasi ekanligi. Davrning dolzarb
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va
unumliroq tadbiq etish haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar: ilm-fan, fikr, erkin fikr, bilim va malaka, ixtirochilik,
ratsionalizatorlik, axborot sivilizatsiyasi.
Modern science and their role in the development of society
I.M.Sattarova
ASU
M.Abdulmadjidova
ASUPI
Abstract: The article encourages students to think creatively and to have a free
scientific approach to each topic. Science is a set of knowledge and skills acquired
through reading, study, and life experience. There was an idea to pay more attention
to the current issues of the time, to apply the achievements of science in practice
more effectively.
Keywords: science, thought, free thought, knowledge and skills, ingenuity,
rationalization, information civilization.
“…Bugungi sharoitda eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy
dasturga muvofiq, telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tizimlari va
infratuzilmasini yanada rivojlantirishimiz, informatsion tizimlar komplekslari va
«Elektron hukumat» axborot bazasini shakllantirishimiz kerak…
1
”- deganda
Yurtboshimiz Sh.Miromonovichning naqadar haq ekanligini ko’ramiz.
1
Mirziyoyev.Sh.M.“Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz”
Toshkent.”O’zbekiston”-2017 y 14-15 bet
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
609
Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini
boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal
tashkillashtirish va boshqarishga bog‘liq.
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy
xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va
unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish,
ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish
masalalariga kirdi.
Ta’lim oluvchilarning faol fikr yuritishi o‘qitilishining asosiy maqsadi, ularni
dastlabki tahsil vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini
amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalashdir.
Faol fikr yuritishning bo‘lajak kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni shundan
iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi bilimlarini yanada
chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, ilmiy izlanish va tadqiqot
tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy qo‘llanmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy
izlanish asoslari metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot ijodkorlik ilmiy asosini o‘rganish
bilan birga, o‘zlarining ijodiy fikrlarini faollashtiradilar va har bir masalada erkin
ilmiy munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, intellektual mulk sohibi
bo‘lish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tushunchalari asoslari, mualliflik haq-huquqi,
O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy izlanish-tadqiqot tashkilotlari strukturasi va
boshqalar bilan tanishib nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.
Shu o’rinda “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro
amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni
qat’iy amalga oshirishdan iborat. SHu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan
marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur…
2
”- degan fikrlari
g‘oyat o‘rinlidir.
Ta’lim oluvchilar bo‘lajak oliy o‘quv yurtidagi bakalavriatura tahsil vaqtida
o‘quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy
anjumanlarda ma’ruzalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari, ularning
rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar bilan tanishadilar. Shu bilan birga keyingi
magistratura vaqtida ilmiy maqolalar, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasining
bajarilishi, ilmiy xodim bo‘lish uchun nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalar haqida
ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Ilm olish haqida gapirar ekanmiz, zero, “ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida
tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli
2
Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining qo’shma
majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.20- bet
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
610
onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda
quroldir” - deb bejiz aytilmagan.
Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va
malakalar majmuasi.
Fan - dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir. Tarixiy taraqqiyot
jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fanning
vazifasi tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni
amaliyotga joriy qilishgacha bo‘lgan faoliyatini o‘z ichiga oladi. Kishi organgani va
ruhiyati hamda intellektual salohiyatini atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va
rivojlanish mexanizmlarini o‘rganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun
foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir.
Fanning paydo bo‘lishi kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita
bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan. Taraqqiyot davom etishi
asosida qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgaliqda,
goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb
ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo‘ldi. Elinizm davrida Yevklid,
Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida
dastlabki tizimlar yaratildi. O‘rta asrlarda fan rivojiga Shark va O‘rta Osiyo olimlari
ulkan hissa qo‘shdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima
qilish va ularni tarqatish masalasiga katta e’tibor berdilar. Shuningdek, ular fanni
yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.
O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi
qonun-qoidalarni kashf etganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika,
asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi.
Bugungi kundagi algoritm termini ham ulug‘ olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy
nomi bilan bevosita bog‘likdir. Axmad Mirvaziy esa o‘sha paytdagi trigonometriya
fani rivojiga katga hissa qo‘shdi. Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrlarni rivojlantirdi,
komil inson tarbiyasiga katta e’tibor berdi. "Fozil odamlar shahri" asari orqali
yaxshilik haqidagi ta’limotlarni tizimlashtirdi, musiqaning matematik nazariyasini
yaratdi.
Hamid Xo‘jandiy, Umar Xayyomlar kub tenglamalar nazariyasini yanada
rivojlantirdi. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z davrining qomusiy olimi edi. U "Devoni
lug‘ati turk" asarini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham qomusiy ilmlar sohibi
bo‘lgan. U geodeziya, mineralogiya, farmokologiya, kimyo, tarix va shu kabi
ko‘pgina fanlar bilan shug‘ullandi va ular rivojiga munosib hissa ko‘shdi. Abu Ali
ibn Sinoning tibbiy ilmi bo‘yicha ta’limoti dunyoga mashxur bo‘ldi va meditsina
termini ham ulug‘ olim nomidan kelib chiqqan. Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi,
G‘iyosiddin
Koshiy,
Qozizoda
Rumiylar
sonlar
nazariyasini
yanada
mukammallashtirdi, falakiyot ilmini rivojlantirib, Mirzo Ulug‘bek munajjimlar
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
611
xudosi Uroniya yoshdan joy oldi. Mirzo Ulug‘bek va Al-Farg‘oniylar nomiga ikkita
yulduz qo‘yilishi Vatandosh olimlarimizni Yer kurrasidan tortib, to Samogacha
ma’lum va mashxur qildi. Bo‘lar orkali esa o‘zbek xalqi ham dunyoga mashhur
bo‘ldi.
Umuman olganda "Xalqimiz o‘zining ko‘hna tarixida Uyg‘onish davri" ning
turli shakllarini ko‘rgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn
Sino va boshqa o‘nlab ulug‘ bobokolonlarimiz nomi bilan bog‘liq bo‘lgan IX-XI asr
"Uyg‘onish davri" Turon zamin xalqlari tarixidagi birinchi Renessans hodisasi bo‘ldi.
Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bog‘lik bo‘lgan, qariyb 500
yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi Uyg‘onish davri, milliy tiklanish, milliy
taraqqiyot pallasi bo‘lib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renessans hodisasi jahon
fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada o‘ziga mujassam
etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan
buyuk voqelikdir.
XX asrning o‘rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada
oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inkiloblarning xarakteri o‘zgardi, ya’ni ilm sohasidagi
inkiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg‘unlashib ketdi va ilmiy-texnika
inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40-yillarning oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi
fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o‘zida,
texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10-
15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat
bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 -yillardagi olim va ilmiy xodimlar soni
butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko‘prog‘ini
tashkil etdi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish
mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o‘sish foizi aholining o‘sish foiziga
qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga
aylandi.
Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini
boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal
tashkillishtirish va boshqarishga bog‘liq.
Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy
xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb
sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va
unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish,
ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish
masalalariga kirdi.
O‘rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fanni rivojida muhim rol
o‘ynadi. O‘rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar,
chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
612
geografiya va shu kabi fanlarga baravariga e’tibor berildi. Ma’mun akademiyasi bu
boradagi fikrimiz dalillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu hakda mazkur ishning
akademiya kismida batafsil to‘xtalamiz.
Bu borada nafaqat olimlarimiz ilm-ma’rifatni tarkatishga jonbozlik ko‘rsatgan,
balki davlat rahbarlarimiz ham bu sohaga homiylik kilib ilm-fan ravnaqiga katta hissa
ko‘shgan. Jumladan. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar ilmiy markazlar
tashkil etib, ularga iktidorli olimlarni to‘plaganlar hamda yozma manbalar bilan
ularni ta’minlaganlar.
Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maqsadli boshqarish jamiyat
tarakkiyotiga samarali ta’sirni ta’minlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga
jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy
markazlarning tashkil bo‘lishiga olib keldi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy
tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo‘yicha ilmiy
muassasalar tashkil bo‘la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo‘nalishlari yuzaga
kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed, kibernetika,
texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar
nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni
olgan fan yo‘nalishlaridir. Bo‘larning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katga
rol o‘ynadi. Jumladan, ona vatanimizda kadimdan matematika, falakiyot ilmi,
tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg‘onish davrlari, ya’ni
Sharq ma’daniy yuksalishining "Oltin davri" deb atalgan bo‘lsa, bugungi kunda ham
o‘z ma’lum va mashxurligini yo‘qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik
statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi
sohalarida katta yutuqlar ko‘lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo‘yicha "Toshkent
maktabi" deb nom olgan ilmiy yo‘nalish dunyoga mashxur. Yadro fizikasi va
geofgoika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi
yutuqlari xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganiq va fizik
kimyo, o‘simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko‘plab tabiiy va
sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botaniqa va seleksiya, zoologiya
va meditsina, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya yirik
muvaffaqiyatlarga erishdi.
Filosofiya va xuquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida ham
yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi chorak asr davomidagi ilmiy - texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu
davr ichida ko‘pgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi
aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega
bo‘lgan qonunlar, nazariyalar va gapotezalarning vujudga kelganligini shohidi
bo‘lamiz. Fanlarning o‘zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo‘la
boshladi. Bular esa o‘z navbatida texnika taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
613
hozirgi davrda xalq xo‘jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko‘lamda amalga
oshirilmoqda. Bu borada fan va texnika yutuqlarini o‘z navbatida yoshlarga yetkazib
borish, hozirgi zamon darslariga qo‘yilgan talablardan biridir.
Fan va texnika ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr
taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon
texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.
Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlarni va
tabiatdagi hodisalar mohiyatini, buni o‘rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib
yetishga yordam beradi. Texnika tufayli inson atrof - muhit bilan faol hamkorlikda
bo‘ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning
boshlarida fan va texnika misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat,
transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish
nazariyasiga asoslangan «Kibernetika» nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo‘ldi.
O‘tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik
asoslari bo‘lmish kompyuterlarning o‘nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo‘lib, ular
hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan
kompyuterlarning turli ko‘rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini - kompyuterlarni
takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari
sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko‘plab
kompyuterlar zarur.
Demak, bitta kompyuter bir kishi umr bo‘yi bajaradigan hisobni bir soatda
bajarishi mumkin.
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va
boshka bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni
yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish,
kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko‘pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini
ularda hisoblash texnikasini keng qo‘lamda qo‘llanilayotganligining natijasi deb
qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, fizika, matematika,
elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirgan kompyuterlar
shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi.
Hozirgi kunda kompyuterlar qo‘llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular
dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko‘maklashmoqda.
Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashi tez bajarishi va xotirasida katta
hajmdagi axborotni saqlay olish xalq xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish uchun
kerak bo‘lgan ixtiyoriy hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko‘p
imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ma’lum
tarzdagi hisoblash operatsiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarini
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
614
modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Tezkor hisoblash
texnikasiga bo‘lgan keskin talab, ayniqsa, ikkinchi jahon urishining oxirida Angliya
va AQShning havo raketalariga qarshi mudofaa tashkil etishiga olib keldi. Bu esa XX
asrning 40-50- yillarida ayrim jarayonlarni tez boshqarish talabi bilan inson imkoni
orasidagi integratsiyaning yaqqol misolidir. Bu borada fan-texnika taraqqiyoti
darajasidagi qator tez o‘tuvchi jarayonlarni samarali boshqarishni insonning
psixofiziologik imkoniyatlari ta’min eta olmay qolgan edi. Insonni ishlab
chiqarishning ayrim sohalarida tezkor texnikaviy qurilmalar bilan almashtirish taqozo
etilgan edi. Avtomatlashtirishning eng yuqori pog‘onasi faqat jismoniy emas, balki
aqliy mehnatni yengillashtirish va avtomatlashtirishga qobil bo‘lgan tamoyil yangi
texnikaviy tizimni talab etar edi. Shu boisdan ham ilmiy tadqikot laboratoriyalarida
olimlarimiz tomonidan fanning yangi-yangi sohalari kashf etilmoqda. Bu esa faqat
hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun
jiddiy harakatlarning biridir.
Ma’lumki, hozirgi fanda odam miyasining "modeli" mavjuddir. Bu modellar
yordamida aqliy faoliyatning ayrim turlari belgilangan. Tadqiqotlar insonning uzoq
yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning
keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirib
«Sun’iy odam» yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi
zamon fan-texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini
tashkil qiladi va bunday bo‘lishi hozirgi davr taqozosi.
Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod
muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim ekan.
Bu taraqqiyotdan tanish bo‘lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng
imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, «Internet» tarmog‘iga ulanish, elektron
darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar va h.k.
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo‘lmish "XXI asr-
intellektual asr"ining faol ishtirokchisi bo‘lish uchun ular mazkur davrning ta’lim-
tarbiya sivilizatsiyasining faol ishtirokchisi bo‘lmog‘i lozim.
Umuman olganda, insoniyat aqliy faoliyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular
hayoti axborot bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni insonning har bir harakati axborot
olish, uzatish, undan foydalanish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat, desak
xato bo‘lmaydi. Shuning uchun ham intellektual asrni axborot sivilizatsiyasi asri, deb
ham atalmoqda. Ma’lumki, bunda ta’lim-tarbiya sivilizatsiyasi talablariga javob
beruvchi
intellektual
avlodni shakllantirishni ta’lim-tarbiyada innovatsion
yondashuvlarni keng qo‘llash orqaligina amalga oshirish mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, XXI asrga mos intellektual avlodni shakllantirish
mutaxassis olimlarimiz oldiga qator muammolar yechimini topishdek muhim
vazifalarni qo‘yar ekan quyidagilarga amal qilamiz:
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
615
• ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va
malakalar majmuasi;
• fan - bu dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar majmuasidir;
• uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi intellektual avlod muntazam
ravishda ilmiy-texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: |