ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ON-LINE DARSLARNI TASHKIL ETISH Mundarija: Kirish. I bob. Informatika va axborot tizimlari va texnologiyalari 1.1. Matematika va informatika darslarida raqamli ta’lim texnologiyalari
1.2. Zamonaviy axborot texnoiogiyalarining vositalari
II bob. On-line ochiq kurslar haqida 2.1. Zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari
2.2. Elektron darsliklar va ularning tasnifi
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb masalalar haqida talaba va o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot yetkazish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki, agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma’lumotga aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Mavzuning dolzarbligi: Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi. Axborot texnologiyalari va ularning turlari. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. Axborotni o’lchash va tasvirlash. Axborotning sintaktik, semantik va pragmatik o’lchovlari. Shaxsiy kompyuter tuzilishining axboriy- mantiqiy asoslari.Shaxsiy kompyuterlarning funksional-tuzilmaviy tashkil etilishi.