Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari on-line darslarni tashkil etish



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə2/8
tarix01.02.2023
ölçüsü42,32 Kb.
#82105
1   2   3   4   5   6   7   8
ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ON-LINE DARSLARNI TASHKIL ETISH

Kurs ishining obyekti: Dasturiy ta’minotning holati va rivojlanish tendensiyalari. Dasturiy mahsulotlar, ularning asosiy tavsiflari va klassifikasiyasi. Operasion sistema va uning turlari. Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish xaqida umumiy ma’lumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentasiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish. Corel Draw grafik prosessori.
Kurs ishining maqsadi: Word matn prosessori va matnli hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi. Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari (MOBT): asosiy tushunchalar va funksional imkoniyatlari. Access MOBTda ishlash texnologiyasi asoslari. Zamonaviy axborot texnologiyalari: bir tildan ikkinchi tilga o’girish texnologiyalari, skanerlash texnologiyasi va boshqalar. Kompyuter tarmoqlari. Mahalliy, mintaqaviy va global kompyuter tarmoqlari. Internet global tarmogi, uning tuzilishi va adreslash tizimi. Internet Exploler va unda ishlash asoslari. Elektron pochta.Outlook Express bilan ishlash. Videokonfirensiyalar, uning tuzilishi asosiy funksiyalari va faoliyati. World Wide Web va HTML.

I bob. Informatika va axborot tizimlari va texnologiyalari

    1. Matematika va informatika darslarida raqamli ta’lim texnologiyalari

XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo`lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir.


«Axborot» so`zi lotincha «information» so`zidan olingan bo`lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma`lumot, degan ma`noni anglatadi. Keng ma`noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo`layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi.
Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta`sir etib, ob`ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to`g`risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`liq, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Texnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
6. Axborotning turlari o`zaro bog`liq bo`lib, bir-birini to`ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Uzluksiz hosil bo`lish.
2. Harf raqamlarda ifodalanish.
3. Diskret xarakterdalik.
4. To`plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.
Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma`lumotlardir. Axborot xalq ho`jaligining barcha tarmoqlari iste`mol etuvchi zahira bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma`lumotlari bilimlarining yig`indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to`plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to`plamidir.
O`zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to`g`risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta`rif berilgan:
– axborot texnologiyasi axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi;
– axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to`plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi.
Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.
Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.
Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi.
Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.
Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.
Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.
So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.
Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir.
Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir.
XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.
Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta`riflaydilar:
axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va axborot taqchilligi o`rtasidagi ziddiyat echildi boshqa zahiralarga qiyoslaganda axborot ustuvorligi ta`minlandi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo`ladi;
• eng yangi axborot texnika va texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;
• axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda;
• butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;
• zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi.
Ushbu ijobiy tomonlardan tashqari, uning salbiy oqibatlar ham oldindan qurilgan:
a) ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`proq ta`sir ko`rsatishi;
b) axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib
yuborishi;
v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;
g) ko`pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. ―Axborot elitasi‖ (axborotlarni qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi kishilar) va iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi.
Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar klassik iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan bir necha asosiy zaxira turlari ma`lum, ya`ni:
Moddiy zaxiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan mehnat predmetlari yig`indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, yarim tayyor masulotlar, detallar va hokazolar.
Tabiiy zaxiralar – kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob`ektlari, u erdagi jarayonlari sharoitlaridir.
Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma`lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.
Moliyaviy zaxiralar – davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo`lgan pul mablag`lari.
Energetika zaxiralar – energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko`mir, neft` mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.
Kibernetika, so`ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo`lishi va rivojlanishi bilan axborot so`zi o`zining dastlabki ma`nosini saqlab qolgan bo`lsada, ayni paytda bir qator yangi ma`nolarga ham ega bo`ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma`lumotlar, dalillar, bilimlar yig`indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo`li bilan ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida mavhum gipotetik tizimlarni o`rganish – mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo`lida bir vaqtning o`zida ham yaxlit, ham o`zaro bog`langan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi elementlar (ob`ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo`lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma`lum bo`lgan shaxar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun`iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo`la oladi. Ularning xar biri tizimga ko`yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya`ni, xar biri o`ziga xos yagona maqsad yo`lida faoliyat ko`rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko`proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob`ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Тizim» tushunchasiga «axborot» suzining qo`shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo`lida axborotni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo`llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o`zaro bog`langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo`lgan paytdan boshlab mavjud bo`lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o`z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish bilan bog`lik jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o`z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag`batlantiradi. Shu sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.
Kibernetik yondashuvga muvofik boshqaruv tizimi boshqaruv ob`ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv sub`ekti, boshqaruv apparati yig`indisini o`zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob`ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya`ni boshqaruv tizimining o`zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti tug`ri (Т) va aks (A) aloqalar bilan bog`langan. Тug`ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob`ektiga yo`naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo`nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi hakidagi hisobot axboroti oqimida o`z aksini topadi.
Axborot oqimlari (Т va A), qayta ishlash vositalari, ma`lumotlarni uzatish va saqlash, shuningdek, ma`lumotlarni qayta ishlash bo`yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o`zaro aloqasi ob`ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun`iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoklari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv ob`ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo`llaniladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma`lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma`lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma`lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo`llanish sohasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:

  • ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;

  • loyixalashtirishni avtomatlashtirish;

  • tashkiliy jarayonlarni boshqarish;

  • texnologik jarayonlarni boshqarish.

Ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarishda axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni taxlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo`ljallangan.
Loyixalashtirishni avtomatlashtirishda axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va muxandis loyixachilar mexnatini avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan.
Тashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun muljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxonalar), xam nosanoat ob`ektlari (bank, birja, sug`urta kompaniyalari, mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Тexnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo`ljallangan bo`lib, elektromexanik buxgalterlik hisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu qog`oz xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaqtni bir qadar qiskartirishga olib kelgan.
60-yillarda axborot tizimlariga munosabat butunlay o`zgardi. Bu tizimlardan olingan axborot davriy hisobot uchun ko`pgina parametrlar bo`yicha qullana boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga ko`pgina funksiyalarga ega bo`lgan EUM lar talab etila boshlandi.
70—80-yillarda axborot tizimlari qarorlarni qo`llab-quvvatlovchi va tezlashtiruvchi jarayonga ega bo`lgan nazorat boshqaruvi vositalari sifatida keng foydalanila boshlandi.
80-yillar oxiridan boshlab, axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi yanada o`zgarib bormokda. Ular axborotning strategik manbai bo`lib qolmokda va istalgan sohada tashkil etishning barcha darajalarida foydalanilmokda. Bu davrning axborot tizimlari axborotni o`z vaktida berib, tashkilot faoliyatida muvaffakiyatga erishishga yordam bermoqda.

Yüklə 42,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin