Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud, chunki jamiyat rivojlanishning turli bosqichlarida o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlami ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlaiga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari jadal takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Kibemetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparatini o'zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda, maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlami amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog'langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo'nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlami uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlami qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro aloqasi obyektining axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda-chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga, balki qarorlarni qabul qilish (sun’iy intellekt usullari, ekspert tizinilari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqalardan foydalanishda firma mutaxassislari xatti-harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini yuksaltirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma’lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma’lumoнlami qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo’llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
• ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
• loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
• tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
• texnologik jarayonlarni boshqarish.
Ilmiy axborot tizimlari ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotni tahlil etish, tajribalarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirishning axborot tizimlari yangi texnika (texnologiya) ishlab chiqaruvchilar va loyihachi muhandislar mehnatini avtomatlashtirish uchun moljallangan.
Tashkiliy boshqaruvning axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallanga’n. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, biija, sug‘urta kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi. Texnologik jarayonni boshqarishning axborot tizimlari turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar).
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta’minlovchi jarayonlani umumiy holda quyidagicha tasawur etish mumkin:
• tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish;
• kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko'rinishda taqdim etish;
• iste'molchiga axborotni uzatish;
• teskari aloqa, ya’ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta’minlash.
Qo‘llash sohasidan qat’i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi bir qator ta’minotlar bilan bog‘liqdir. Ularni axborot, dasturiy, texnik, huquqiy, tashkiliy, matematik va lingvistik ta’minotlarga ajratish qabul qilingan.
Axborot ta’minoti — axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini (bazasini) yaratish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga oigan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo'yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog'liq.
Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta ’m inot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuteming o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashini nazorat va diagnostika qilish uchun xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarini hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig'indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlami amalga oshiruvchi turli xil (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqa) obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisini o'zida namoyon etadi.
Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish hamda ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish va undan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig'indisidan iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlaming mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan izohlanadi. Bunday har bir obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo'ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi.
Qo'llanmada keyingi o'rinlarda hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy huquqiy maqomidan qat’i nazar, istalgan obyekt tashkilot deb yuritiladi.
Tashkilot — bu yon-atrofdan zaxiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotiga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilma. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek, ko'plab individual o'ziga xosliklar mavjud.
Tashkilotning muhit bilan o'zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o'zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o'rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo'lishi mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o'zgarishlar boshqarish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Boshqacha aytganda, maqsadga yo'naltirilgan ta’sir ko'rsatadi.
Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir.
Boshqarish aniq bir tashkilotlaming o'ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bogiiq holda ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni tutib turishni, tashkilotni takomiUashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi.
Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi.
Boshqarish tizimining isblashi. Boshqarish tizimining ishlashi axborot bazasida, oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari (1,2,4-aloqalari) holati bo‘yicha amalga oshiriladi (6). Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi (3). Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan (5). Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish).
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Tashkilotning axborot tizimi. Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta’sirlar haqida axborotga ega bo'linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning 'axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o'zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‘liq. Axborot tizimiga kiradigan ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni yig‘ish tizimi ko‘rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‘ich yig‘ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‘zaro bog‘liq.