Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari on-line darslarni tashkil etish



Yüklə 42,32 Kb.
səhifə3/8
tarix01.02.2023
ölçüsü42,32 Kb.
#82105
1   2   3   4   5   6   7   8
ZAMONAVIY INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ON-LINE DARSLARNI TASHKIL ETISH

AХBOROТ ТIZIMLARINING ТA`MINOТI
Istalgan vazifalardagi axborot tizimi ishini ta`minlovchi jarayonlarni umumiy xolda quyidagicha tasavvur etish mumkin :
- tashqi yoki ichki manbalardan axborotni kiritish;
- kiritilgan axborotni qayta ishlash va uni qulay ko`rinishda taqdim etish;
- iste`molchiga axborotni uzatish;
- teskari aloqa, ya`ni kiritilayotgan axborotni tuzatish uchun foydalanuvchilar tomonidan qayta ishlangan axborot bilan ta`minlash.
Kullash soxasidan kat`i nazar, axborot tizimlarining samarali faoliyat kursatishi bir kator ta`minotlar bilan boKlikdir. Ularni dasturiy, texnik, xukukiy, axborot, tashkiliy, matematik va lingvistik ta`minotlarga ajratilishi kabul kilingan.
Axborot ta`minoti — axborot tizimlarida ma`lumotlar omborini yaratish, xujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil kilish buyicha uslublar va vositalar yiKindisidir.
Kabul kilinadigan boshkaruv karorlarining ishonchliligi va sifati kup jixatdan ishlab chikilgan axborot ta`minoti sifatiga boKlik.
Dasturiy ta`minot — kompyuter texnikasi vositasida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIТ)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yiKindisidir. Dasturiy ta`minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning uzaro xarakatlarini avtomatlashtirish, ma`lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MKIТ texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat kiladi.
Amaliy dasturiy ta`minot axborot tizimi funksional vazifalarni xal etishni avtomatlashtirish uchun muljallangan dasturiy maxsulotlar yiKindisini uzida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muxarrirlari, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasini boshkaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob`ektlar (iktisodiy, muxandislik, texnik va boshkalar) sifatida ishlab chikilishi mumkin.
Тexnik ta`minot ma`lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat kursatishi uchun kullaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta`minot ma`lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi kurilmalarni uz ichiga oladi. Bunday kurilmalarga kompyuterlardan tashkari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloka vositalari xam kiradi.
Uukukiy ta`minot axborot tizimini yaratish va faoliyat kursatishini tartibga soluvchi xukukiy me`yorlar yiKindisini uzida namoyon etadi.
Lingvistik ta`minot inson va kompyuter mulokotini ishlab chikish va ta`minlash samaradorligini oshirish uchun MKIТni yaratish va foydalanishning turli boskichlarida ishlatilgan til vositalari yiKindisidan iborat.
AХBOROТ ТEХNOLOGIYaLARI VA ULARNING ТURLARI
Тexnologiya suzi grekchadan tarjima kilinganda san`at, ustalik, malaka ma`nosini anglatadi. Тexnikada texnologiya deganda ma`lum kerakli material maxsulotni xosil kilish uchun usullar, metodlar va vositalar yiKindisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Тexnologiya ob`ektining dastlabki, boshlang’ich xolatini uzgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan xolatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orkali katik, tvorog, smetana, yog’ va boshka sut maxsulotlarini olish mumkin. Agar boshlanKich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot maxsulotinigina olish mumkin. Ushbu xolda xam «texnologiya» tushunchasining ma`nosi saklanib kolinadi. Fakat unga «axborot» suzini kushish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy maxsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniklab turadi.
Тexnologiyani kuyidagicha ta`riflash mumkin. Тexnologiya — bu sun`iy ob`ektlarni yaratishga yunaltirilgan jarayonlarni boshkarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yunalishda borishini ta`minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar kanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafakat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini uzgartirish maksadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot xosil kilish maksadida xam boshkariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini kuyidagicha ta`riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma`lumotni bir kurinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi kurinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maksadi insonning talabini qondiradigan yangi maxsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maksadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bulgan, uni taxlil etish va u asosida karor kabul kilishi kerak bulgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Тurli texnologiyalarni kullab, bitta moddiy resurslardan turli maxsulotlar olish mumkin. Хuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan xam aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda xar bir ukuvchi boshlanKich axborotni qayta ishlash uchun uzining bilimini kullaydi. Masalaning yechimi bulgan yangi axborot maxsuloti, ukuvchi tanlay olgan masalani yechish texnologiyasi, usuliga bog’liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jixozlar, stanoklar, uskunalar va boshkalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun xam uzining «uskunalari», vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu vositalar orkali axborotga ishlov berilib, uzgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoklari keng kullanilmokda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoklarining kullanishiga urKu berish maksadida kupincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya xakida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi uzi uchun asosiy muxit bulgan axborot tizimlari bilan bevosita boKlikdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bulgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bulgan tartiblashtirilgan jarayondir.




    1. Yüklə 42,32 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin