tarqalgan hisoblanadi. Vazifasiga qarab registrlar saqlash va siljish registrlariga bo’linadi.
Registrlarga axborot parallel yoki ketma ket kiritilishi yoki o’qilishi mumkin. Registrga yozilgan
axborotni siljitish o’ngga yoki chapga qarab bajariladi. Agar registr axborot siljishini ixtiyoriy
yo’nalishda amalga oshirsa, u reversiv deb ataladi. Registrlar yagona strukturaga birlashtirilishi
mumkin. Bunday strukturaning imkoniyatlari registrlarga murojaat va ularni adreslash usuli bilan
aniqlanadi. Agar ixtiyoriy registrga uning adresi bo’yicha murojaat qilish mumkin bo’lsa, bunday
struktura to’g’ridan to’g’ri murojaatli o’ta operativ xotirani tashkil etadi. Adressiz registr
strukturalari ikki turdagi xotira qurilmalarini tashkil etadi. Bular: magazin tipidagi va assoativ
xotira qurilmalaridir. Magazin tipidagi xotira ketma ket birlashtirilgan registrlardan tashkil topadi
va uning bitta turida registrli strukturaga axborot yozish bir registr bilan, o’qish boshqa registr
bilan amalga oshiriladi (FIFO - first input, first output). Agar o’qish va yozish bitta registr orqali
amalga oshirilsa, bunday qurilma stekli xotira deb ataladi. (FILO - first input, last output). Stekli
xotiraga son kiritilganda stek elementlari oxirgi
K registr tomonga suriladi. Bunda stek to’da bo’lsa, K registrdagi son yo’qotiladi, so’ngra
son stek boshi bo’lgan 1 registrga kiritiladi. O`qish jarayoni ham 1 registrdan boshlanib, stekdagi
sonlar 1 registr tomon suriladi.
Dostları ilə paylaş: