ROM(Read Only Memory ) -doimiy saqlash qurilmasi. Bu qurilmaga
ma`lumotlar yozib bo`lmaydi.
2.
DRAM (Dynamic Random Access Memory )- ixtiyoriy murojaat qilish mumkin
bo`lgan dinamik xotira qurilmasi.
3.
SRAM (Static RAM) -statik operativ xotira.
ROM ROM turidagi xotirada ma`lumotlarni faqat saqlash mumkin bo`lib unga hech narsa yozib
bo`lmaydi. Bu xotirada kompyuter elektr to`ki manbaiga ulanganda uni ishga tushirish buyruqlari
yozilgan bo`ladi. Bu buyruqlardan foydalanib kompyuter operatsion sistemani topadi va uni
ishga tushiradi. Bundan tashqari ushbu buyruqlar yordamida kompyuter qurilmalari tekshiriladi.
Sistemali platadagi ROM xotirasida asosan 4 ta dastur bo`ladi:
1.
POST(Power-OnSelf Test)-kompyuter manbaga ulanganda tekshirish sistemasi.
2.
CMOS Setup
- foydalanuvchiga sistema ko`rsatkichlarini o`zgartirish imkonini
beruvchi dastur.
3.
Boshlang`ich yuklash dasturi-bu dastur diskda operatsion sistemani qidiradi.
4.
Bazaviy kiritish-chiqarish sistemasi
- kompyuter
apparat qismi, ayniqsa kompyuter
ishhga tushganda aktivlashtirish kerak bo`lgan qurilmalar drayverlari.
DRAM Dinamik operativ xotira xozirda ko`p sistremalar tomonidan ishlatiladi. Uning asosiy
ustunligi shundan iborat ushbu turdagi xotiralarda xotira kataklari ancha zich joylashgandir. Bu
narsa katta hajmdagi xotirani kichik mikrosxemaga o`rnatishga imkon beradi.
DRAM xotira kataklari kondensatorlardan iborat bo`lib, zaryadlangan kondensatorlar 1 ga,
zaryadlanmaganlari 0 ga mos keladi. Biroq bu turda ma`lumot saqlashning bir kamchiligi bor.
Gap shunadaki, kondensatorlar tez o`z zaryadini yo`qotadi va shu tufayli ulardagi ma`lumot
yo`qolmasligi uchun ularni tez-tez qayta zaryadlab turish lozim. Bu xolat regeneratsiya
deyiladi. Aynan DRAM xotiralarida regeneratsiya zarurligi tufayli ularda doimiy ma`lumot
saqlash mumkin emas va kompyuter o`chirilganda u yerdagi bacha ma`lumot o`chib ketadi.