kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o`chirilishidan yoki qayta yuklanishidan
oldin barcha ma`lumotlar saqlab qo`yilishi lozim. Operativ xotira ba`zida ixtiyoriy murojat qilish
mumkin bo`lgan saqlash qurilmasi deb ham yuritiladi. Buning ma`nosi shundan iboratki operativ
xotiradagi ma`lumotlarga murojat undagi ma`lumotlarning ketmaketligiga bog`liq emas.
Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
Tip. Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor.
1.
SIMM;
2.
DIMM;
3.
DDR2 4. DDR3
Bular bir-biridan ko'rinishi,
xotira xajm, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.
2-rasm. Operativ xotira turlarini bir-biridan farqi
Hajmi. Tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada
operativ xotira qurilmasi
uchun 2 va undan ortiq joy bo'lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR3 turidagi operativ
xotiralarni 3-4 Gb xajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ
xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani
xotira xajmi haqida gap
ketganida operatsion tizimni ham hisobga olish kerak bo'ladi. Chunki agar,
operatsion tizim
maksimum 2 Gb ma`lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo'lsa, unda qolgan 6
Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko'rinishda
bo'lsada, ko'pgina parametrlari undan yuqoridir.
Chastotasi. Bu ona plata bilan ma`lumot almashish vaqtida
operativ xotira kanalidan
qanchadir vaqtda (masalan bir sekundda) necha marta ma`lumot o'tish ko'rsatkichidir. Operativ
xotira chastotasi haqida gapirilganda, ona platadagi operativ xotira portlari bilan mikroprotsessor
orasidagi shinani chastotasini ham hisobga olish kerak, chunki operativ xotira chastotasi 1600
Mhz bo'lsayu, ona platadagi operativ xotirani mikroprotsessor bilan ulovchi shina chastotasi
1066 Mhz bo'lsa, unda maksimal operativ xotira va mikroprotsessor o'rtasidagi ma`lumot
almashish tezligi 1066 Mhz dan oshmay turaveradi.