DDR SDRAM
DDR (Double Data Rate) -ma`lumotlarni uzatishning ikki martali tezligi xotirasi. Bu
SDRAM xotirasining yanada mukammallashgan standartidir. Bu turdagi xotiralarni ishlatishda
ma`lumotlarni uzatish tezligi ikki barobargacha ortadi. Bu narsaga
takt chastotasini orttirish
xisobiga emas balki har bir siklda ikki marta ma`limotni uzatish xisobiga amalga oshiriladi,
birinchisi sikl boshida, ikkinchisi - oxirida. Shu tufayli o`tkazish tezligi ikki marta ortadi.
OXQ o’zgaruvchan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Operativ xotira protsessorning
hisoblash amallarini bajarish jarayonida o’z mazmunini o’zgartirib
turadi va yozish, o’qish
hamda saqlash rejimlarida ishlaydi. DXQ protsessor tomonidan bajariladigan hisoblashlar
jarayonida o’zgarmasligi kerak bo’lgan, masalan, standart dasturlar va konstantalarni saqlaydi.
Ushbu
axborotlar DXQga
EHMlar o’rnatilishidan oldin kiritiladi. Uning bajaradigan asosiy amallari axborot o’qish va
saqlashdan iborat. OXQ ning funktsional imkoniyatlari DXQ ga nisbatan keng bo’lishiga
qaramay, DXQ da axborotlarning saqlanishi elektr quvvatiga bog’liq emas. Zamonaviy xotira
mikrosxemalari yarim o’tkazgichli texnologiya bo’yicha kremniy kristalidan tayyorlanadi.
Mikrosxemaning asosiy qismini saqlagich matritsasiga birlashtirilgan xotira elementlari tashkil
etadi. Har bitta xotira elementi o’z adresiga ega va 1 bit axborotni saqlashi mumkin. Ixtiyoriy
xotira elementi adresiga ixtiyoriy tartibda murojaat qilish imkonini beradigan xotira qurilmasi
to’g’ridan to’g’ri murojaatli xotira qurilmasi deyiladi. Xotirani matritsali tashkil qilishda xotira
elementlarini koordinatali adreslash printsipidan foydalaniladi.
Bunda adres ikki qismga (koordinataga) bo’linadi: X va Y. Ushbu koordinatlar kesishmasida
o’qilishi yoki o’zgartirilishi kerak bo’lgan axborotlarni saqlovchi xotira elementi joylashadi.
OXQ mikroprotsessor bilan sistema magistrali orqali bog’langan.
Dostları ilə paylaş: