Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari Reja: Kirish


Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozori. Evroobligatsiyalar



Yüklə 120,82 Kb.
səhifə8/9
tarix19.06.2022
ölçüsü120,82 Kb.
#61790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zamonaviy moliya bozorlari

2.3. Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozori. Evroobligatsiyalar
Jahon ssuda kapitallari bozori faoliyati qimmatli qog’ozlar emissiyasi va oldisotdisi amalga oshiriladigan jahon fond bozori bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Ushbu bog’liqlik aktivlar sekyuritizatsiyasi (inglizcha securities – qimmatli qog’ozlar), xususan bank kreditlari bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlarni chiqarish jarayoni bilan, hosila moliyaviy vositalar yangicha turlarini amaliyotda ko’payishi bilan kuchayib bormoqda. Aktivlar seyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog’ozlar bankdan qarzdorning kreditni so’ndirish uchun to’lagan mablag’lari hisobidan qoplanadi.
Jahonda qimmatli qog’ozlarning birlamchi bozorida yangi chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning savdosi, ya’ni bunda emitent va investor o’rtasida o’zaro oldi-sotdi operatsiyasi amalga oshiriladi.
Ikkilamchi bozorda avval chiqarilgan qimmatli qog’ozlar oldingi xaridor va yangi investor o’rtasida, ya’ni investorlar o’rtasida savdo qilinadi. Bugungi kunda hosila moliyaviy vositalar bozori ham jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Evromoliyaviy bozorda nominali evrovalyuta, masalan AQSh dollari, evro yoki Yaponiya ienasi bo’lgan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi qilinadi.
Evroqimmatli qog’ozlar (euro-securities) bu erkin muomalada bo’luvchi (transferable securities), sindikat anderrayterlar, yoki turli mamlakatlardan bo’lgan ikki ishtirokchi orqali joylashtiriladigan, ularni bir yoki undan ortiq mamlakatlarga sotish rejalashtirilgan, faqat moliya-kredit tashkilotlari orqali ega bo’lish mumkin bo’lgan qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Bugungi kunda, jahon fond bozorida qimmatli qog’ozlarning yillik emissiyasi hajmi barcha manbalar hisobidan talabgorlarga berilgan xalqaro kreditlar va moliyaviy mablag’larning qariyb yarmini tashkil etadi. Xalqaro qarz qimmatli qog’ozlar xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etadi. Ularning tarkibida xalqaro obligatsiyalar va notalarni, turli kompaniyalar (korporativ), moliyaviy institutlar va davlatlarning xalqaro qarz qimmatli qog’ozlarini alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
Xalqaro qarz qimmatli qog’ozlarini fond bozorlarida muomalada bo’luvchi asosiy ikki, ya’ni evroobligatsiya va chet el obligatsiyalari shakllari mavjud. Nominal qiymati obligatsiya joylashtiriladigan mamlakatning milliy pul birligida bo’lgan, ya’ni obligatsiya emitenti uchun xorijiy valyutadagi va ushbu mamlakat fond birjasida kotirovka qilinadigan obligatsiyalar - chet el obligatsiyalari hisoblanadi. Masalan, Frantsiyaning Angliyada joylashtirish uchun chiqarilgan qarz obligatsiyalari nominali funt sterlingda ifodalanadi, Angliya fond birjasidagi kotirovka natijalari asosida ingliz investorlari tomonidan sotib olinadi. Ya’ni chet el obligatsiyalari ma’lum bir mamlakatga ushbu davlat qonun-qoidalari asosida joylashtiriladi.
Chet el obligatsiyalari ham odatda, jahonning yirik moliyaviy markaz shaharlarida, masalan Nyu-York, London, Yaponiya va boshqa shaharlarda joylashtiriladi. Chet el obligatsiyalaridan foydalanish amaliyotga 500 yildan beri mavjud bo’lsa, evroobligatsiyalar paydo bo’lganiga hozirda atigi 30 yil bo’ldi. Bugungi kunda chet obligatsiyalarini asosan rivojlangan mamlakatlar emissiya qilishmoqda. Ba’zi mamlakatlar tomonidan emissiya qilingan chet el obligatsiyalari o’ziga xos nom bilan ataladi.
Masalan, Shveytsariya obligatsiyalari - Chocolate Bonds, Yaponiya obligatsiyalari - Samourai Bonds, AQSh obligatsiyalari - Jankee Bonds, Buyuk Britaniya obligatsiyalari – Bulldog va h.k.. jahon fond bozorining ushbu segmenti evroobligatsiyalarni ko’payishi hisobiga qisqarib bormoqda.
Evroobligatsiya – xorijiy investorlar orasida xalqaro sindikat anderrayterlari orqali joylashtiriladigan, emitent va xorijiy investorlar uchun chet el valyutasida chiqarilgan qarz munosabatli qimmatli qog’oz hisoblanadi.
Evroobligatsiyalar joylashtirilayotganda jahonning hech qaysi bir mamlakatida ro’yxatga olinmaydi. Evroobligatsiyalar asosan bank kontsortsiumlari, sindikatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan emissiya qilinadi. Evroobligatsiyalarning turi sifatida “dragon” (inglizcha “dragon bonds” atamasidan olingan) obligatsiyalarini qayd etish mumkin.
Ular evrodollar obligatsiyalar bo’lib, osiyo bozorida joylashtirilgan (birinchi navbatda Yaponiyada) va ma’lum bir osiyo birjasida (odatda Gongkong yoki Singapur birjalarida) listinga ega bo’lgan qimmatli qog’oz hisoblanadi.
Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi o’xshashlik ularni mamlakatlar o’rtasida kapitalni qayta taqsimlash vositasi bo’lib hisoblanishida, shuningdek, ularni emitent mamlakatlar milliy valyutasidan farqli boshqa valyutada emissiya qilinishida namoyon bo’ladi. Evroobligatsiyalar va chet el obligatsiyalari o’rtasidagi farq esa quyidagilardan iborat: Birinchidan, evroobligatsiyalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada emissiya qilinadi.
Chet el obligatsiyasi esa uning emitenti uchun ixtiyoriy xorijiy valyutada emissiya qilinadi, ya’ni bunday valyutalar erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta bo’lmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, chet el obligatsiyalari joylashtiriladigan mamlakatda ro’yxatga olinadi, uning nominal qiymati joylashtiriladigan mamlakat uchun milliy valyutada bo’ladi, u faqat joylashtiriladigan mamlakat fond bozorida muomalada bo’ladi. Evroobligatsiyalar esa, ma’lum bir mamlakatga ro’yxatga olinmasdan joylashtiriladi, bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo’lishi mumkin, shuningdek, obligatsiya nominali ko’rsatilgan milliy yoki xalqaro valyutaning xususiyati emitentining milliy xususiyatlari mos kelmasligi lozim.
Evroobligatsiyalarni dastlabki joylashtirish to’g’ridan-to’g’ri emitent joylashgan mamlakatning milliy fond bozorlarida amalga oshirilmasdan, balki xorijiy mamlakatlar milliy fond bozorlagida amalga oshiriladi va ular orqali emitent joylashgan mamlakat milliy fond bozorlariga kelib tushishi va muomalasi amalga oshirilishi mumkin.
Milliy fond bozori vositasi bo’lgan oddiy obligatsiyalar bilan xalqaro fond bozorining maxsus vositasi bo’lgan evroobligatsiyalar o’rtasidagi asosiy farqlar quyidagilarda namoyon bo’ladi: - xalqaro anderrayter konsortsiumlari yoki investitsion banklarni o’z ichiga oluvchi oddiy sindikatlar tomonidan bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarda evroobligatsiyalar emissiyasi amalga oshiriladi; - sindikat tomonidan ko’rsatilgan hududlarda joylashtirilgan evroobligatsiyalar emissiyasi hech qaysi bir mamlakatdan ro’yxatdan o’tmaydi.
Evroobligatsiyalar muomalasi ma’lum bir davlatning obligatsiyalar muomalasini tartibga solishning iqtisodiy-huquqiy me’yorlari orqali tashkil etilmaydi, balki evroobligatsiyalar asosan xalqaro huquqiy me’yorlar bo’yicha tartibga solinadi;
- evroobligatsiyalar bir vaqtning o’zida bir necha mamlakatlarga yoki turli mamlakatlar fond bozorlariga joylashtiriladi. Xorijiy investorlar o’zlarining mahalliy birjalaridan evroobligatsiyalarni sotib olishlari mumkin. Shuningdek, emitent mamlakat investorlari boshqa mamlakatlar orqali o’z fond bozorlariga etib kelgan evroobligatsiyalarga egalik qilishadi.
- oddiy obligatsiyalardan farqli ravishda evroobligatsiya nominali bo’yicha to’lanadigan foizdan “daromad manbai sifatida” soliq undirilmaydi. O’zining yuqori daromadini soliqqa tortilishidan olib qochib, uni sir saqlaydigan omonatchini Frantsiyada “belgiyalik dantist” deb ham atashadi.
Evroobligatsiyalar bozori transmilliy korporatsiyalarning o’rta va uzoq muddatli investitsiyalarini moliyalashtirishning muhim manbalardan hisoblanadi. Davlatlar odatda byudjet daromadlarini ko’paytirish va davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish uchun evroobligatsiyalardan foydalanishadi.
Evroobligatsiyalarning oddiy konvertirlanadigan shakli ham mavjud bo’lib, ma’lum bir belgilangan muddatdan keyin, emitent kompaniya aktsiyalariga ularni almashtirish sharti bilan chiqariladi. Bunday evroobligatsiyalar egasi emitent kompaniya faoliyatining foydalilik darajasi ortadi degan taxmin bilan ularni sotib oladi. Chunki, odatda konvertatsiya davrigacha evroobligatsiyalar bo’yicha foiz to’lovlari amalga oshirilmaydi.
Jahon evroaktsiyalar bozori 1983 yildan sinditsiyalashgan kreditlash amaliyoti bilan birga rivojlana boshladi, biroq ularning emissiyasi evroobligatsiyalarga nisbatan juda kam. Evroaktsiyalarga konvertirlanadigan evroobligatsiyalarning muomalaga chiqarilishi jahon qimmatli qog’ozlar bozorida mazkur turdagi segmentlarni o’zaro integratsiyasini kuchaytirdi.
Evrotijorat veksellari - foiz stavkasi evrodollar depozit sertifikatlari bo’yicha olingan (odatda o’rtacha 0,25%), 3-6 oylik muddatga evrovalyutada rasmiylashtirilgan xujjatli veksellardir. Evroveksellar o’rta muddatli qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar hisoblanadi. Umuman olganda, evroveksellar bozori hajm jihatdan juda kichik, 1981 yildan boshlab rivojlangan. Evroveksellar 1984 yildan emissiya qilib kelinmoqda.
Evrovalyuta depozit sertifikatlari – omonatchining depozitini va unga tegishli foizlarni olish huquqini tasdiqlovchi, evrovalyutada qo’yilgan pul mablag’lari to’g’risida banklarning yozma guvohnomalari. Evrobozorda bu kabi sertifikatlar amaliyotda keng qo’llaniladi. Bu kabi depozit sertifikatlarining muddati 30 kundan 3-5 yilgacha bo’lishi mumkin. Evrobanklar nominali 25 ming AQSh dollari va undan yuqori bo’lgan depozit sertifikatlarini qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozorida sotish imkoniyatini taqdim etgan holda turli banklar va xususiy korxona yoki tashkilotlar o’rtasida joylashtiradilar. Muomaladagi muddatli depozit sertifikatlari, odatda brokerlarga sotiladi yoki innossament bo’yicha boshqa shaxsga o’tkaziladi.
Depozit sertifikatlari evrobanklarda omonatlarni ko’paytirgan holda, ularning kreditlash imkoniyati oshiradi va evrobozorni kengayishini rag’batlantiradi. Evrovalyutadagi depozit sertifikatlari bo’yicha foiz stavkasi evrodollar depozitlariga nisbatan past bo’lsada, ularni ikkilamchi bozorda oson sotish mumkin.

Xulosa
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarni mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuv(diskussiya)lar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda.
Xususan, jahon moliya bozorining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriyalar doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Jahon moliya bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda noan’anaviy zamonaviy yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish mavzuning dolzarbligini bildiradi.
Fikrimizcha, jahon moliya bozori segmentlari tarkibiga moliyaviy aktivlarning turlari nuqtai nazaridan muallif munosabatini belgilash muhimdir. Ushbu izchillik birinchi darajani tashkil etadi. Fikrimizcha, moliyaviy aktivlar (yoki vositalar)ning asosiy turlari mezoni bo‘yicha quyidagi segmentlarni ajratish mumkin:
 valyuta bozori;
kredit bozori;
 fond bozori;
 derivativlar (hosila vositalari) bozori;
 investitsiya maqsadida xarid qilinuvchi qimmatbaho metallar bozori.
Qayd etish joizki, garchi so‘nggi yillarda boshqa moliya vositalariga yetakchi o‘rinlarni bergan holda qimmatbaho metallar va ular bo‘yicha yakuniy (hosilaviy) shartnomalarning ahamiyati sezilarlicha kamaygan bo‘lsa-da, an’anaviy ravishda ular jahon moliya bozori tuzilmasiga kiritiladi.
Sug‘urta bozorini jahon moliya bozori tarkibiga kiritmaslikni asoslash borasidagi fikrimizni aniqlashtirish zarur. Yuqorida izohlanganidek, professor Krasavinaning fikricha, sug‘urta bozori jahon moliya bozori tarkibiga kiradi. Fikrimizcha, sug‘urta moliya bozoridagi faoliyat turi yoki xizmat turidir.
Sug‘urta kompaniyalari mablag‘larni moliyaviy vositalarga investitsiyalaydi, lekin bu ishni pensiya jamg‘armalari va institutsional investorlarning boshqa turlari ham bajaradi. Sug‘urta kompaniyalari har bir davlat, binobarin esa umuman jahon moliya tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Lekin moliya bozorining bir qismi emas. Vositalarning tezkorligi nuqtai nazaridan boshqa mezon muomala muddati hisoblanadi. Ushbu mezondan kelib chiqqan holda pul bozori va kapital bozorini ajratish mumkin, ular ikkinchi darajani tashkil etadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha mazkur izchillikdan foydalaniladi. Moliya vositasining yuzaga kelish mezoni bo‘yicha uchinchi daraja, aynan esa: birlamchi bozor va ikkilamchi bozorni ajratish mumkin. Jahon moliya bozorni tashkil etish bo‘yicha to‘rtinchi darajaga alohida e’tibor berish kerak. Bunda tashkiliy (birja) bozor va tashkil etilmagan (birjadan tashqari) bozorni ajratish mumkin.
Jahon moliya bozori, birinchi navbatda, moliyaviy vositalarning umumiy turli-tumanligi nuqtai nazaridan izohlangani sababli tashkiliy hamda tashkil etilmagan vositalarni nazarda tutishni ta’kidlash muhimdir.
Jahon moliya bozorining muhim jihati sifatida uning ishtirokchilari, ya’ni unda turli operatsiyalarni amalga oshiruvchi iqtisodiy agentlari namoyon bo‘ladi. Shu munosabat bilan jahon moliya bozori haqidagi tushunchani institutsional nuqtai nazardan fikr bildirish mumkin.
Tijorat banklari, sug‘urta va invesititsiya kompaniyalari, pensiya va investitsiya jamg‘armalari, turli davlat tuzilmalari, korxona va tashkilotlar, xususiy shaxslar jahon moliya bozorining ishtirokchilari sifatida namoyon bo‘ladi. Turli kategoriyadagi ishtirokchilar jahon moliya bozoriga chiqqan holda hal etuvchi vazifalarni mohiyatan quyidagilarga bog‘lash mumkin: moliyalashni izlash, vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish, investitsiyalash, shuningdek, olib-sotish yoki arbitraj yo‘li bilan qo‘shimcha foyda olish.
Jahon moliya bozori unga chiquvchi iqtisodiy agentlar uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi. Ishtirokchilarda milliy bozorlar doirasida yuzaga keluvchi cheklovlarni chetlab o‘tish istiqboli yuzaga keladi. Bu cheklovlar turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: moliya vositalari yoki moliyalashtirish hajmining yetarlicha tanlanmasligi, pul vositalarini joylashtirish yoki jalb etishdagi nomaqbul sharoitlar.


Yüklə 120,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin