Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari Reja: Kirish


Xalqaro aksiyalar bozori tahlili



Yüklə 120,82 Kb.
səhifə7/9
tarix19.06.2022
ölçüsü120,82 Kb.
#61790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zamonaviy moliya bozorlari

2.2. Xalqaro aksiyalar bozori tahlili
Bir mamlakat moliya bozoridagi salbiy va ijobiy o‘zgarishlarni boshqa bir mamlakat moliya bozoriga ta’siri moliya bozorining globallashuv darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu jarayon milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar orqali amalga oshiriladi va ularning nechog‘lik rivojlanganligini o‘zida namoyon etadi.
Milliy fond bozorini xalqaro fond bozoriga integratsiyasini ta’minlovchi vositalar bu xalqaro qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda nominal narxi o‘rnatiladigan, xalqaro fond bozori qoidalari asosida xalqaro anderrayterlar orqali ushbu bozorga joylashtiriladigan qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlarning quyidagi asosiy shakllari mavjud (rasmga qarang). Chet el obligatsiyalari va evroobligatsiyalar ko‘rinishidagi qarz qimmatli qog‘ozlari xalqaro qimmatli qog‘ozlarn ing asosiy shakllaridan biridir. Shuningdek, ularning global aktsiyalar ko‘rinishidagi xalqaro aktsiyalar va amerika depozitar tilxatlari (aktsiyalari) kabi shakllaridan ham amaliyotda foydalaniladi.
Agar xalqaro qimmatli qog‘ozlar bir mamlakat ichidagi ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida turli investorlar orasida muomalada bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida ular mamlakat ichidagi kapitalni qayta taqsimlash vositasiga aylanishi mumkin, shuningdek, xalqaro qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish mamlakatlar o‘rtasidagi kapitalni qayta taqsimlash xususiyatiga ham ega bo‘ladi.
Global aktsiya transmilliy kompaniyalarning oddiy aktsiyasi hisoblanib, bir vaqtning o‘zida bir qancha mamlakatlar fond bozorlarida muomalada bo‘ladi.
Amerika depozitar aktsiyasi nominal qiymati AQSh dollarida ifodalangan, xorijiy kompaniya joylashgan mamlakatda deponentlangan uning ma’lum bir miqdoridagi qimmatli qog‘ozlariga nisbatan mulk huquqi ulushini tasdiqlovchi AQSh qimmatli qog‘ozi hisoblanadi.
Amerika depozitar aktsiyasi bevosita fond bozorida muomalada bo‘lmaydi, uning o‘rniga muomalaga amerika depozitar tilxatlari chiqariladi.
Hozirda xalqaro aktsiyalarni chiqarishda rivojlangan mamlakatlar etakchilik qilib kelmoqda. Ammo 2008 yildagi moliyaviy inqirozning rivojlangan mamlakatlar xalqaro aktsiyalariga ta’siri sezilarsiz bo‘lib, asosan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro aktsiyalariga kuchli ta’sir qilgan.
Oxirgi o‘n yillikda ularning hajmi qariyb olti barobarga oshdi, ya’ni 1998 yildagi 28 mlrd. AQSh dollaridan 2007 yilga kelib 164,5 mlrd. AQSh dollariga etgan. 2008 yilda boshlangan inqiroz natijasida ularning hajmi rivojlanayotgan mamlakatlar tufayli 38 foizga qisqargan va 102,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Hozirda ularning hajmi yana o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lmoqda. Amerika depozitar tilxatlari ma’lum bir miqdordagi Amerika depozitar aktsiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir. Depozitar tilxatlarni xalqaro qimmatli qog‘ozlar sifatida shakllanishi va muomalada bo‘lish mexanizmi muayyan bosqichlarni taqozo etadi.
Depozitar tilxatlar maxsus qonunchilik asosida muomalaga chiqariladi va bunday qonunchilik AQShda mavjud. Shuning uchun ham bunday qimmatli qog‘ozlar Amerika depozitar tilxatlari (ADR) deb nomlanadi. Depozitar tilxatlar xorijiy kompaniyalar aktsiyalariga (yoki obligatsiyalariga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri egalik qilish huquqini bermaydi. Hozirda qarz munosabatini ifodalovchi depozitar tilxatlardan foydalanish jahonda keng tarqalgan, ayniqsa lotin amerikasi mamlakatlarida ular keng qo‘llaniladi. ADRlarni emissiya qilishning emitentlar uchun afzalliklari birinchidan, ular faoliyatiga qo‘shimcha kapitalni jalb etsa, ikkinchidan, kompaniyaning mavqeini ko‘tarishdan iborat.
ADRlarni investorlar uchun afzalliklari quyidagilardan iborat:
 milliy kompaniyalar aktsiyalariga qaraganda yuqori daromadli aktsiyalarni sotib olish imkoniyatining yaratilishi;
 to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kompaniyalar aktsiyalarini sotib olishga qaraganda risklilik darajasining kamligi;
 xorijiy fond bozorlari to‘g‘risida etarlicha bilim va ko‘nikmalar bo‘lmagan sharoitda boshqa mamlakat fond bozoriga chiqish imkoniyatining yaratilishi;
 milliy valyutada olingan daromadlarni valyuta riski bilan bog‘liq bo‘lgan konvertatsiya qilishni zaruratining yo‘qligi.
Xalqaro fond bozorida ellikdan ortiq mamlakatlarning mingdan ortiq emitentlari muomalada bo‘lib kelmoqda. Hozirgi vaqtda faqat AQSh fond bozorida savdo qilinadigan depozitar tilxatlarning umumiy qiymati 100 mlrd. AQSh dollaridan ortiqni tashkil etmoqda. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozigacha bo‘lgan davrda ADRlarni chiqarish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish sohasida etakchilar bo‘lib Amerika banklari hisoblangan. Masalan ushbu bozorda Bank of New-York 47%ni, Morgan Guaranty 28%ni, Citibank 24%ni, qolgan banklar emissiyasi juda kichik foizni egallagan4.


Yüklə 120,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin