Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari Reja: Kirish


II. Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari



Yüklə 120,82 Kb.
səhifə6/9
tarix19.06.2022
ölçüsü120,82 Kb.
#61790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zamonaviy moliya bozorlari

II. Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari
2.1. Xalqaro investitsiya bozori tahlili
“Uzoq muddatli kredit” atamasi amaliyotda kredit muassasalarining ssudalariga aloqador bo‘lib, u odatda, davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag‘larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kredit va qarzlar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat ko‘rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar.
Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar. Banklar tovar qiymatiga teng bo‘lgan, o‘zaro etkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar bo‘yicha uzoq va qisqa mudatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so‘ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o‘ziga xos xususiyatlari ularning keng qo‘lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to‘lov hamda tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga o‘zaro bog‘liq bo‘lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma(tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsortsial yoki sindikat kreditlar keng ko‘llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsortsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o‘rnatilishi bo‘lsa, ikkinchidan banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi.
Byudjet mablag‘lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar. Byudjet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi:
1) hukumatlarning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit birinchi jahon urushi davrida keng ko‘lamda shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSh asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd. oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo‘ldi. O‘z kreditlarini Frantsiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQShdan yangi kreditlarni olish hisobiga so‘ndirdi. 1929-1933 yillarda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydilar. Ikkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o‘ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning etkazib berilishi asosan “lend-liz” (ijara) shartlari asosida amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dastlab AQSh, so‘ngra boshqa dunyoning etakchi davlatlari o‘zlarining tashqi iqtisodiy manfaatlar uchun xukumatlararo kreditlardan keng foydalanishdi;
2) xalqaro va xududiy valyuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari;
3) yordam ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida berilgan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablag‘lari, subsidiyalar.
Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo‘llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari imtiyozli shartlar asosida ya’ni unga yordam ko‘rsatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo‘lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo‘shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo‘lib, mazkur operatsiyaga ular odatda xususiy tijorat banklarini ham jalb etadilar va loyihaning eng foydali qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) kreditlaydilar.
Qo‘shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo‘llaniladi:
- parallel moliyalashtirish, bunda turli kreditorlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilangan kvota(ulush, hissa) doirasida loyiha tarkibiy qismlarga ajratilib kreditlanadi;
- birgalikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihani amalga oshirilishi mobaynida o‘z ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.
Qo‘shma moliyalashtirish orqali qarz oluvchi imtiyozli kreditlarni jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, kreditorlar ham mazkur moliyalashtirish shaklida imtiyozlarga ega bo‘lishadi, ya’ni bunday kreditlash kreditorga ssudani qarzdor tomonidan o‘z vaqtida so‘ndirilishining qo‘shimcha kafolatini beradi.
Xalqaro sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlari - turli mamlakatlar banklari tomonidan yirik loyihani amalga oshirish uchun bir tashkilotga ajratigan qarz mablag‘lari hisoblanadi.
Xalqaro kreditning bu shakli bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi:
- bunday kreditni taqdim etish uchun banklarni birlashuvi ma’lum bir muddatga konsortsium yoki sindikatni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi;
- maqsad yirik kreditni taqdim etish uchun xalqaro resurslarni jalb etish va bir qator bank-kreditorlar orasida bank risklarini taqsimlash hisoblanadi;
- sindikat yoki konsortsium a’zosi bo‘lgan yirik banklardan biri menejer funktsiyasini bajaradi, ya’ni qarzdor va bank-kreditorlar bilan o‘zaro muzokara olib boradi, kreditning moliyaviy-valyutaviy shartlarini aniqlaydi, risklarni va ularni kamaytirish imkoniyatlarini baholaydi. Bunday kreditni tashkillashtirgani uchun bankmenejer foiz va komission daromadlardan tashqari qo‘shimcha mukofotga ham ega bo‘ladi;
- qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali xalqaro qarzlarni taqdim etishda oddiy sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlar anderrayting bilan birga amalga oshiriladi, ya’ni belgilangan narx bo‘yicha banklar (ma’lum bir ulush bo‘yicha majburiyatlar oluvchi sindikat yoki konsortsiumning a’zolari) orasida ularni joylashtirishni kafolatlaydi;
- sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari amal qiladi. Jahon amaliyotida ushbu turdagi kreditlarni sug‘urtalashda ikkilaamchi bozorda sotish imkoniyati bo‘lgan likvidli aktivlardan (tratta, qimmatli qog‘ozlar) foydalaniladi.
Bunday kreditning turlaridan biri ulushli kredit hisoblanadi, ya’ni bank-kreditorlar bank konsortsiumi yoki sindikatini tuzmasdan o‘z ulushlarini boshqa banklarga sotishlari mumkin. Ba’zan xususiy banklar sindikati Xalqaro valyuta fondi (XVF) yoki Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) kreditlarini olgan qarzdor mamlakatlarga o‘zlarining xalqaro kreditlarini taqdim etishadi. Davlatlararo va xususiy banklar orasida bunday taqsimotdan asosiy maqsad – o‘z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda jahon ssuda kapitallar bozorida qarzdorlarni tartibga solish hisoblanadi. Shuning uchun ham xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mamlakatlarga ajratgan kreditlari nafaqat miqdor jihatdan, balki strategik rivojlanish xususiyatlari bilan ham muhim rol o‘ynaydi.


Yüklə 120,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin