Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari Reja: Kirish



Yüklə 120,82 Kb.
səhifə1/9
tarix19.06.2022
ölçüsü120,82 Kb.
#61790
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Zamonaviy moliya bozorlari


Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari
Reja:
Kirish

  1. Xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi

    1. Xalqaro moliya bozorining tarkibiy tuzilishi.

    2. Xalqaro moliya bozorining rivojlanish evolutsiyasi va zamonaviy tendentsiyalari.

    3. Xalqaro moliya bozorida inqirozlar yuzaga kelish omillari va kontseptsiyalari

  2. Zamonaviy moliya bozorlari: tahlil va muammolari

    1. Xalqaro investitsiya bozori tahlili

    2. Xalqaro aksiyalar bozori tahlili

    3. Xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozori. Evroobligatsiyalar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya bozoridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi.
Bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani mamlakatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan “2017- 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilindi.
Ushbu mavzuni chuqur o’rganish orqali biz xalqaro moliya bozorining iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri, xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliyaviy operatsiyalar haqida tasavvurga ega bo’ladi, xalqaro moliya bozorining xususiyatlari va faoliyati yo‘nalishlarini, xalqaro moliya bozorini shakllanishi va rivojlanish tendensiyalarini, xalqaro moliya bozori nazariyasi va faoliyati asoslarini, ularning ixtisoslashuvi, tuzilishi, faoliyati doirasini biladi va ulardan foydalana oladi, xalqaro moliya bozorining taraqqiyoti va hozirgi sharoitida unda bitimlar tuzish orqali turli pul oqimlarini samarali boshqarish; xalqaro moliya institutlari va xalqaro moliya bozorining investitsiyalarni moliyalashtirish vositalarini talabga mos ravishda eng qulayini tanlash, xalqaro hisob-kitoblar shakllarini to‘g‘ri tanlash va moliya bozoridagi o‘zgarishlarni prognozlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, xalqaro moliya bozorida tuzilayotgan va ishlatilayotgan moliyaviy bitimlarni texnik-iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, ularni aniq sharoitlarda samarali ijro etilishini ta’minlash; xalqaro moliya bozorini o’rganish bilan hamkorlik aloqalarining optimal shakllarini va muddatlarini belgilash haqida malakaga ega bo‘ladi.
Mavzuning


Yüklə 120,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin