“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 131 etadi. Hech kimga sir emas, insonning qalbi va ongini egallash, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy dunyosini
zahar
lashga qaratilgan turli xavf-xatarlar ham kuchayib borayotgan bugungi kunda o‘zining kimligini, qanday
bebaho meros vorislari ekanini teran anglab, ona yurtga muhabbat va sadoqat hissi bilan yashaydigan, iymon-
e’tiqodi mustahkam yosh avlodgina muqaddas zaminimizni yot va begona ta’sirlardan, balo-qazolardan
saqlashga, Vatanimizni har tomonlama ravnaq toptirishga qodir bo‘ladi. Farzandlarimizga shunday tarbiya
beraylikki, ular o‘z ota-bobolariga, o‘z tarixi, Vatani, ona tiliga, millati, diniga va an’nalariga sodiq bo‘lib
kamol topishsin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик
жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Тошкент, 2010. – Б. 15.
2.
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент, 2008. – Б. 58.
3.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо
этамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017 йил. – Б. 14.
* * * Tashpulatova Dilorom Mukimovna, TVCHDPI Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Baxtiyorova Sevara Elyor qizi, TVCHDPI Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi BO‘LAjAK O‘QITUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUVCHILARINING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI TASHKIL ETISH VA TA’MINLASHGA TAYYORLASH Annotatsiya. Maqolada kelajakda o‘qituvchilarni maktab o‘quvchilarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga o‘rgatish muammolari muhokama qilinadi. Mavzu respublika va xorijda ishlab chiqilganligi tahlil qilinadi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining innovatsion malakasi (innovatsion tayyorligi) mazmunini ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.