“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 32 Er-xotin munosabatlarida o‘zaro ishonch va yaqinlik tuyg‘usining еtishmasligi: Er-xotin o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro ishonch asosida qurilishi oilaviy baxtning asosiy shartlaridan
hisoblanadi. Muloqot – murakkab va ko‘p o‘lchamli jarayon hisoblanadi, shuning uchun ham muloqotdagi
qiyinchiliklar haqida gap ochishdan oldin uning ba’zi xususiyatlari haqida mulohaza yuritish lozim. Muloqot
jarayonida aytilgan gaplarni tushunish bevosita muloqot darajasi hisoblanadi, lekin aytilgan gapning asl
mohiyati “Nima uchun bu gap aytildi?” tarzida kengroq mulohaza qilingandagina ayon bo‘ladi. Er-xotin
muloqotining chuqur tahlil etilishida subyektivizmga yo‘l qo‘yilishi ular o‘rtasida tushunmovchiliklar va
shubha-gumonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, er yoki xotin turmush o‘rtog‘iga
nimani, qanday qilish kerakligi haqida o‘z fikrlarini doimiy ravishda uqtirishga harakat qiladi va bu harakatlari
uning ishlarni yanada yaxshi va tez bajarishiga yordam beradi deb, hisoblaydi. Turmush o‘rtog‘i esa uning
bu xatti-harakatlarini hukmronlikka, ustunlikka intilish sifatida idrok etadi va shunga mos ravishda reaksiya
ko‘rsatadi, masalan, uning talablarini atayin bajarmaydi, talablar noo‘rin ekanligi haqida e’tiroz bildiradi va
h.k. Bunday vaziyatning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillardan biri esa bildirilayotgan fikrning
faqat mazmunini nazarda tutgan holda uning aytilish ohangiga e’tibor qaratmaslikdir
17
.
Er-xotinning muloqot jarayonida yo‘l qo‘yayotgan xatolari va kamchiliklarini aniqlash maqsadida
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: ular aslida o‘z gap-so‘zlari orqali nima demoqchi bo‘lgan; turmush
o‘rtog‘i uning gaplarini qanday idrok etgan; o‘z fikr va xohish-istaklarini to‘g‘ri ifodalashning yana qanday
samarali usullari mavjud va h.k. Ushbu masalalarni muhokama etish jarayonida er-xotinning o‘zaro
munosabati ijobiy ko‘rinishda bo‘lmog‘i lozim
18.