Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
181
Aqliy tarbiya
insonning bilish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, olamni anglash, dunyoqarashni shakllantirish
o‘zlashtirgan bilimlarini hayotga tatbiq etishida namoyon bo‘ladi. Ushbu tarbiyaning shakllanishi pedagogning 
o‘quvchilarga yetkazayotgan har bir o‘quv materiali ilmiy asoslangan, manbalarda o‘z aksini topgan, inson 
va tabiat, jamiyatdagi voqea-hodisalarning dialektik bog‘liqligini anglashga imkon beradigan mazmundan 
tashkil topishiga bog‘liqdir. Ish usullari, asosan, o‘quvchilarning bilimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
ish turlari va vositalariga tayanadi. Masalan, didaktik materiallar, audio va video vositalardan foydalanish, 
kichik ma’ruza, vaziyatni baholash, muammolarning mohiyatini tushuntirish, hayotiy misollar va asoslarni 
tahlil qilish va boshqalar.
Axloqiy tarbiya –
insonning yashab turgan hududida umumqabul qilingan me’yor-qoidalarga rioya 
etishi va umuminsoniy qadriyatlar hamda urf-odatlarga sodiq munosabatda bo‘la olishidir. Ushbu tarbiya 
“Bola yaxshi, odobi undan yaxshi” – degan fikrning amaliy tavsifidir. Imkoniyati cheklangan bolalarga 
qanchalik bilim berilmasin, agar u jamoada, turli hayotiy sharoitlarda o‘zini tutishni bilmasa, muomalada 
tegishli qoidalarga rioya etmasa, u atrofdagilarning iliq munosabatiga sazovor bo‘la olmaydi. Bu esa, 
bolaning xulq-atvoridagi chetlanishlarga, ya’ni injiqlik, qaysarlik, qo‘pollik, manmanlik va boshqa salbiy 
xislatlarning tarkib topishiga olib keladi. Shuning uchun pedagoglar o‘quvchilarni o‘qitish bilan bir qatorda 
ularga bilganlaridan hayotda samarali foydalanishni va bu jarayonda xushmuomala, samimiy, odobli, orasta 
bo‘lishni o‘rgatishi lozim. 
Agar bola jamoada yashash, ta’lim olish, shaxs sifatida shakllanish sharoitida bo‘lsa, unda uning 
ko‘pchilikka bo‘ysunishi, ayrim hollarda o‘z xohish istagidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularda 
qo‘nimlilikni, sabr-toqatni shakllantiradi. Sabr-toqat esa ota-bobolarimiz o‘gitlarida ta’kidlanganidek, baxtli 
bo‘lishning belgisidir. 

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin