“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 37 Bu mashhur hadisni Jomiy shunday talqin qiladi:
فرش جات هك شكم ردام ز رس
دشاب ناردام هار زا درک
تشهب هک وا یابريز وش کاخ
دشاب ناردام ياه مدق رد
ya’ni onaga bee’tibor bo‘lma, shon-sharaf toji onaning oyog‘i gardidadir, uning oyog‘i ostidagi tufroq
bo‘lginki, jannat onalar qadami ostidadir.
Jomiy hadis mazmunini juda go‘zal tarzda ifodalaydi. Qit’aning birinchi bayti farzandga nasihat ohangida
bo‘lib, “sen onangdan bosh tovlama, chunki sening shon-u sharafing, sog‘-omonliging, kamoling onangning
bosgan qadami izining gardidandir deya, tazod san’atidan mohirona foydalanadi. Baytda toj-gard, bosh-oyoq
kabi qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni qo‘llab, ta’sirchan badiiy timsollarni aks ettirgan. Jomiy 3-4-misralarda
birinchi baytdagi ta’sirchanlikni oshirgan holda: “Onang oyog‘i tagidagi tufroq bo‘l, jannat onalar oyog‘i
ostidadir,” – deb, hadisning she’riy tarjimasini nozik iboralar orqali beradi.
Navoiyda:
Onalarning oyog‘i ostidadur,
Ravzayi jannat-u jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l anoning oyog‘i tufrog‘i.
Navoiy hadisning she’riy tarjimasini 1-2-misralarda beradi. Bunda ravzayi jannat, jinon bog‘i kabi
arabiy va turkiy iboralar orqali ta’did san’atini qo‘llab, hadisning badiiy ifodasini kuchaytiradi. 3-4-misralar
esa bir qarashda Jomiy talqinining tarjimasidek tuyuladi, biroq Navoiy: “Jannatning eng go‘zal bog‘laridan
biri – ravza bog‘ini istasang, onaning oyog‘i ostidagi tufroq bo‘l”, – deydi.
Fuzuliyda:
Analar hurmatin duytun ki, mudam
Gabili-rahmati-ilah olaciz.
Ictak anlar ajag‘i altinda
Kar dilersiz ki, jannati bulasiz,
ya’ni onalarning hurmatini doim joyigi qo‘ying, Alloh rahmatiga erishasiz. Jannatiy bo‘lishni istasangiz,
bu istagingiz onaning oyog‘i tagidadir.
Fuzuliy bu hadis ma’nosini juda chiroyli talqin qiladi: “Onalarni hurmat qilgan Alloh rahmatiga muyassar
bo‘ladi”, – deya Jomiy va Navoiy talqinida qo‘llangan timsollardan foydalanmaydi, balki “Alloh rahmati”
va “istak” kabi o‘zga timsollar orqali hadis mazmunini ochib berishga harakat qiladi. Qit’aning so‘nggi ikki
misrasi Jomiy va Navoiy talqiniga hamohangdir.
Jomiy, Navoiy va Fuzuliy yuqoridagi hadisning she’riy tarjima sharhlarini o‘z ona tillarida talqin qilar
ekanlar, unda ifodalangan axloqiy g‘oyaning mohiyatini badiiy timsollar orqali jilolantirib, hadisning ta’sir
doirasini kengaytira olganlar.
Bu hadisning ta’siri islom ta’limotidagi ayol – ona timsolida nihoyatda ulug‘lanishi “Biz insonga ota-
onasini (rozi qilishni) amr etdik...!”
28
– degan, ilohiy hukm bilan izohlanadi. Ona homiladorlik vaqtidan to
farzand dunyoga kelgunga qadar bir qancha mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Shu vajdan payg‘ambarimiz
(s.a.v.) yuqoridagi hadislari orqali jannatni onalar oyog‘i ostiga to‘shab qo‘yadilar. Demak, Jomiy bu hadisga
besabab murojaat etmagan. Musulmon olamida onalarning hurmati farz darajasiga ko‘tarilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislari va ularning mazmun-
mohiyati davrlar osha xalq e’tiborining markazida bo‘lib kelgan. Shu sabab oyat va hadislar mazmuni asrlar
davomida musulmon xalqlarining milliy adabiyotiga singdirib kelindi. Natijada diniy va milliy ta’limotlar
uyg‘unlashib, adabiyotlar mushtarakligi vujudga keldi. Musulmon xalqlari adabiyotining bir-biriga uzviy
bog‘liqligi sharq mumtoz adabiyoti rivojiga juda katta hissa qo‘shgan mushtarak asarlar misolida o‘z
ifodasini topadi.
“Arba’in” janri badiiy uslubining yuzaga kelganligi badiiy tafakkur va estetik qarashning shakllanishi
va rivojiga katta ta’sir ko‘rsatganligini, jumladan, arba’inlar mintaqa adabiyotida din arkonlari bilan badiiy
tafakkur uyg‘unligini vujudga keltirgan tarixiy-adabiy voqelik sifatida o‘zligini namoyon qiladi.
28
“Луқмон” сураси. 14-оят.