“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 36 san’atidan mohirona foydalaniladi va hadisdagi birinchi jumlada anglashiladigan ma’noning yorqin badiiy
tasviriga erishiladi. Bunda ifodalanayotgan ayol yuzidagi “xol” iblisning hiyla urug‘i (don) bo‘lsa, uning
“zulfi” iblisning tuzog‘idir. Demak, zulf iblisning tuzog‘i bo‘lsa, unga qo‘yilgan don – ayol zulfi yonidagi
dona xolidir. Jomiy bu ikki misra orqali hadis ta’sirini oshiradi va o‘quvchi qalbiga yanada yaqinroq kirib
boradi. So‘ngra “har nazar shayton kamonining zaharli o‘qidir”, –deya, arab tilidagi matnning ikkinchi
jumlasi hech qanday o‘xshatishlarsiz, nazmiy tarjimada bayon qilinadi. Hadisning asl mohiyati va ta’sir
kuchi yuqori saviyada ochib beriladi.
Navoiyda:
Solma ko‘z kimki bo‘lsa nomahram,
Garchi nafsing nazorada sud,
Ki nazarkim harom shaytonning
Novakidur va lek zahrolud.
(ya’ni nomahramga nazar solmagin, bundan nafsing foyda ko‘rsa ham, bu nazar shayton kamonining
zaharli o‘qidir).
Navoiy Jomiy talqinidagi uslubni takrorlaydi, biroq birinchi baytni o‘zgacha talqin qiladi va “nomahram
ayollarga qarashdan ko‘ngil nafsing bahra olsa ham, ularga qarama”, – deya, “nafs” va “sud” so‘zlarini
qo‘llagan holda qit’aning 1–2-misralaridagi badiiy ifodaning Jomiy talqinidan farq qilishiga erishadi. Oxirgi
ikki misra esa, Jomiy talqinidagi so‘nggi baytni takrorlaydi.
Fuzuliyda:
Achma ko‘z maһram olmaјan јuzuna
Ki, bu sevdada һasil olmaz sud.
Bil ki, iblisin oxlarindandir
Har nazar bir xadanki-zaһralud.
(ya’ni nomahram yuziga boqmaginki, bu savdodan foyda bo‘lmas. Bilginki, har bir nazar iblis kamonining
zaharli o‘qidir).
Fuzuliy hadisni sharhlashda Jomiy va Navoiy talqinidan unumli foydalangani yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Fuzuliy ham Jomiy yo‘lidan borib, arab tilidagi matn ketma-ketligini saqlaydi, biroq hadisning badiiy
talqinini o‘zgacha ifoda etadi. Fuzuliy ham “sud” so‘zini qo‘llaydi, ammo Navoiydan farqli ravishda “bu
sevdada hasil olmaz sud”, – deya sud so‘zining inkor shaklini beradi va bunda “senga mahram bo‘lmagan,
begona ayollarga ko‘z tashlama, bu savdodan
26
foyda bo‘lmas”, – degan chuqur ma’no anglashiladi. Natijada,
Fuzuliy hadis mazmunini 1- va 2-misralarda kengroq ochib berishga erishadi. Arab tilidagi matnning keyingi
jumlalari mazmuni qit’aning so‘nggi baytlarida keltiriladi. Demak, Fuzuliy bu she’riy tarjima sharhida Jomiy
va Navoiy talqinidagi so‘nggi misralarni takrorlaydi, xolos.
Bir hadisning uch shoir tomonidan amalga oshirilgan she’riy sharhlar tarjimasi uch tilda o‘ziga xos
ohangda jaranglagan. Asl matnda, ya’ni hadisda keltirilgan “iblis” so‘zi Jomiy va Fuzuliy tarjima sharhida
ham “iblis” deb berilgan, Navoiy esa “shayton” so‘zini beradi. “Iblis” ham, “shayton” ham arabiy so‘z bo‘lib,
lug‘aviy ma’no jihatdan biroz farq qiladi
27
. Hadisdagi “
ةيبنج لاا ةأرملا
” iborasini Jomiy va Navoiy o‘z talqinlarida
“nomahram”, Fuzuliy “mahram bo‘lmagan” deb beradilar. Bunda milliy til xususiyatlari o‘z aksini topgan.
Bu hadis talqinida Navoiy umumiylikka e’tibor qaratgan bo‘lsa, Jomiy badiiy timsollar yordamida talqinni
jonlantirgan, Fuzuliy talqinni keng ma’noda bergan.
Yuqoridagi hadisda bayon etilayotgan ma’noni chuqurroq anglash uchun Qur’onning Nur surasi,
30-oyati mazmunini bilishimiz kerak. Unda “(Ey, Muhammad alayhissalom), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini
(nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar”, – deyiladi.
Keyingi hadis:
تاهملاا مادقا تحت تنجلا
(tarj.: Jannat onalar oyog‘i ostidadir).
26
Савдо – 1. кучли эҳтирос, берилиш, ишқ, шайдолик; 2. истак, ҳавас, орзу.
27
Х.К. Баранов Х.К. – سىلبا - дьявол;ناطيش – чёрт, сатана, дьявол, бес, демон. – С.22. Қаранг: Ислом энциклопедияси.
– Тошкент, 2004. – Б. 265-266.