6. Oiladagi sog‘lom muhit va oilaviy muloqot:
oila va uning osoyishtaligi, oiladagi sog‘lom muhitni
muhofaza qilishda barcha tomonlarning mas’ul ekanligi, shaxsiy huquqlarni oila huquqi bilan mutanosib
olib bora olish tartiblari, oila a’zolari o‘rtasidagi muloqot, oila boshlig‘i va uning mavqeyi, oila boshlig‘i
kim bo‘lishi lozimligi, oila boshlig‘i borasidagi stereotiplar, erning o‘z xotiniga bo‘lgan munosabati
tamoyillari, ayolning o‘z eriga to‘g‘ri munosabati tamoyillari, erning kamchiliklari, xotinning kamchiliklari,
o‘z kamchiliklaridan qutulish tartiblari, oila va jamiyat munosabatlari, jamiyatda oila mavqeyini saqlash,
jamiyat a’zolari bilan bo‘ladigan muloqotlarni to‘g‘ri olib borish, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi mehr-
muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishga harakat qilish, oilada muloqot madaniyati, oila ma’rifati, bilim va
kitobga muhabbat, oilada shaxs erkinligi, ota-ona va farzand munosabatlaridagi samimiylik va bir-birini
to‘ldirish, oilada ota-ona va farzandga muhabbat qirralari hamda muammolari, mehmon kutish va mehmonga
borish odobi, suhbatlashish odobi, farzandlarni jamoada yashashga va jamoada yashash qonun-qoidalariga
o‘rgatish, oilaviy hayotga estetik munosabatda bo‘lishga tayyorlash, oila iqtisodiyoti asoslarini tashkil qila
bilish, iqtisodiyotni to‘g‘ri yuritishga o‘rgatish, oilani ijtimoiy muhofaza qilish choralarini ko‘ra bilish,
oiladagi sog‘lom psixologik va tibbiy muhitning shakllanishida oila a’zolarining majburiyatlari va huquqlarini
mutanosib belgilash va tashkil qilishga o‘rganish.
7. Oila an’analari va ularga nisbatan yangicha qarash:
oila an’analarining kelib chiqish sirlari,
oila an’analarini yaratish va ularni ta’minlash, oilaviy an’analarni avlodlarga o‘tkazish, oila an’analarida
shaxs barkamolligi o‘rni, oila an’analarida sog‘lom turmush tarzi, sport, jismoniy tarbiya va jinsiy halollik
masalalari, oilada bayramlarni nishonlash tartibi, oilaviy an’analarni saqlashga farzandlarni o‘rgatish, oila
va sayohat, oila va o‘z o‘lkasi tarixi, geografiyasi, milliy urf-odatlarini o‘rganish, oila an’analaridan farzand
tarbiyasida foydalanish.
|