Keywords: modern family upbringing, family, upbringing, parent, child, pedagogical-psychological relations, family stability. Hozirgi zamon taraqqiyoti har bir shaxsdan voqelikni to‘g‘ri tushunishni, xulosa chiqarishni, axloqiy
poklikni va hissiy-asabiy chidamlilikni, jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarida mustahkam va faol
bo‘lishni talab etmoqda. Ma’lumki, shaxsning bunday ijtimoiy, emotsional, xulqiy va boshqa sifatlariga oila
asos soladi, shakllantiradi va kamol toptiradi.
Zamonaviy oilalar mavjud jamiyat bilan uzviy bog‘langandir. Shaharlarning o‘sishi, yashash
sharoitlarining yaxshilanishi, xalqning moddiy va madaniy turmush saviyasining oshishi yoshlarni barkamol
inson qilib tarbiyalashga ta’sir qiladi.
Ma’lumki, iymonlilik, insonparvarlik, diyonat, e’tiqodlilik kabi shaxs mafkuraviy tasavvurlarining
asosida yotgan fazilatlar o‘smirning, eng avvalo, oilaviy munosabatlar tizimida tutgan o‘rnidan, ota-ona,
oiladagi boshqa katta avlod vakillarining ijtimoiy mavqelari va roli mazmunidan kelib chiqadi. Zero,
mafkuraviy tasavvurlar hamda ular asosida shakllanuvchi insoniy fazilatlar shaxsning yaxlit strukturasidagi
muhim omillardan hisoblanadi.
Milliy g‘oyani oila muhitida bolaning ongi, qalbiga singdirishning muhim vositasi – bu oilaviy
qadriyatlarni saqlash va ilg‘or oilaviy an’analarni kundalik tarbiya tizimiga joriy etish, turmush tarzining
bir bo‘lagiga aylantirishdir. Bunda ota-onaning o‘rni va roli bevosita xarakterga ega bo‘lib, faqat sog‘lom
muomala va samimiyat muhitigina o‘smirning dunyoqarashi shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zero, har bir oilaning muqaddas vazifasi – qobiliyatli farzandlarni o‘stirish, ularni jismoniy, intellektual
va ma’naviy tomondan yеtuk qilib, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli insonlar qilib tarbiyalashdan iborat. Ya’ni
ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan sog‘lom, barkamol inson faqat sog‘lom oilada shakllanadi. Oiladagi
sog‘lom muhit va barqarorlik esa yaxlit jamiyat ma’naviy takomilining asosidir.