“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 49 psixologiyaning shakllanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Gedonizm – bu shaxs va uning xulq-atvori
motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo‘lishga
intilish ustuvor bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish lozimki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni
qondirish funksiyasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo‘lgan funksiyalarda
ham hissiylik ko‘proq tus olib bormoqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar oilalarida
kuchliroq anglanilmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari va tomorqa еrlarining borligi evaziga shahar
oilalariga qaraganda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchi va ishlab chiqaruvchilik funksiyasini ko‘proq
saqlab qolmoqda.
Zamonaviy oila tarbiyasining pedagogik-psixologik asosi o‘zida insonparvarlik, hamkorlik g‘oyalarini
ifodalab, bu tom ma’noda mohiyatan o‘zbek oilalarida o‘z ifodasini saqlab qolgan. Bu qadriyat “oilaviy
burch”, “hamjihatlik ruhi”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “oilaviy qadriyatlarga sadoqat”, “kattalarga hurmat”,
“kichikka g‘amxo‘rlik” kabi tushunchalarga asoslanadi.
Hozirgi davrning mohiyatidan kelib chiqib oilalarning ijtimoiy tarkibi ham o‘zgarmoqda, bu esa, o‘z
navbatida, oila tarkibida, turmushi va uning qiyofasida jiddiy o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek oilalarida bunday tarkibiy o‘zgarish, yangicha munosabatlar tarixiy
tarkib topgan milliy o‘ziga xoslikni yo‘qotishga emas, balki oilalardagi munosabatlarning har tomonlama
pedagogik nuqtayi nazardan rivojlanishiga, ko‘p millatli respublikamiz aholisining urf-odatlari, an’analarining
uyg‘unlashuviga, mazmunan boyishiga sabab bo‘lmoqda.
Kattalarga hurmat va bo‘ysunish o‘zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslullaridan biridir. Oilada
bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash, ota-onalarning va katta yoshdagi barcha kishilarning namunasi bola shaxsini
shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir.
Aynan oila bolani qadam qo‘ydiradi, uning o‘ziga xos xususiyati va ma’naviy qiyofasining shakllanishiga
asos soladi. Yosh avlodning qiziqish va tirishqoqligi, mehnatsevarligi, birinchi navbatda, ota-onaga va
oiladagi tarbiyaviy holatlarga bog‘liqdir.
Professor O.Musurmanova: