Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
56
Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya qiladi, uni boshqa ism 
bilan chaqiris
hlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola bilan qiladigan muomala munosabati uni o‘zini 
alohida shaxs sifatida anglashni boshlashga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga oshadi. 
Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab o‘z “Men”ini anglay boshlashi vaqtliroq 
yoki birmuncha kechroq yuzaga kelishi mumkin. 3 yoshli bola o‘zini o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi 
mumkin bo‘lgan manba, deb biladi va bu uning “Menga bering”, “Ko‘taring”, “Men ham boraman” kabi 
talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida 
bolalarda o‘z-o‘zini baholash vujudga keladi. 
Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va bu ularning “o‘zim qilaman” 
qabilidagi so‘zlaridan namoyon bo‘ladi. 3 yosh krizisi: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar bilan taqqoslay 
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), shuningdek, ular bajara oladigan harakatlarni 
qilishni xohlaydi. “Men katta bo‘lsam mashina haydayman”, “Men sizga katta tort olib kelaman”, “Mening 
yuzta qo‘g‘irchog‘im bo‘ladi” kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham 
barcha xohishlarini bugunoq amalga oshirishga harakat qiladi. Bu ko‘pincha qat’iylik va qaysarlik bilan 
namoyon bo‘ladi. Bu qaysarlik, asosan, kattalarga qaratilgan salbiy xatti-harakat bo‘ladi. Bola o‘zini mustaqil 
harakat qila olishini anglagan vaqtdan boshlab unda “O‘zim qilaman” boshlanadi va bu yana qaysarlik 
hamda o‘jarlik bilan ko‘rinadi. 3 yosh krizisi bola shaxsining ma’lum bir darajada rivojlanganligi va kattalar 
bajaradigan xatti-harakatlarni qila olmayotganini bilishining natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga 
keladigan xususiyatlar iroda, layoqatlar va boshqalar uni shaxs bo‘lib shakllanishiga tayyorlaydi. 
3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga kichik maktabgacha 
davri (3-4 yosh), kichik bog‘cha yoshi (4-5yosh), o‘rta maktabgacha davr (o‘rta bog‘cha yoshi) 6-7 yosh va 
katta maktabgacha davr katta bog‘cha yoshlarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning 
ilgari o‘tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan alohida maxsus munosabatga 
kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda 
predmetlar olamini hamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi 
munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli 
kishilarning bevosita yordami orqali amalga oshirilib borilmog‘i kerak. Asosan, mana shu davrdan boshlab 
bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning 
murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiyena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, 
nutqini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashhur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha, insonning bog‘cha yoshdagi davri shunday 
bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy 
xarakterning asoslari yuzaga keladi. Bog‘cha yoshdagi bolalarning ko‘zga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan 
biri ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatining asosiy qonunini shunday ifodalash mumkin: 
bola uzluksiz faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi, lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va 
bir tomonlamaligidan charchab qoladi. Mana shu so‘zlardan bog‘cha yoshidagi bola tabiatning asosiy qonuni 
bo‘lmish serharakatligini ortiq cheklab tashlamay, balki maqsadga muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi 
yaqqol ko‘rinib turibdi. Kattalar va tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabat orqali bola axloq normalari, 
kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi 
bola endi o‘z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning harakati muvofiqlashtirilgan holda bo‘ladi. 
Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. 
Maktabgacha yoshda bo‘lgan bolaning rivojlanishida emotsional jabha muhim omil hisoblanadi. 
Har qanday xatti-harakat, agar u emotsiya bilan, o‘zaro bir-birining emotsional holatini o‘qiy olmasa, o‘z 
emotsiyasini boshqara olmasa, samarali tarzda namoyon bo‘lmaydi. O‘zining emotsiyasini tushunish va 
his etish insonning shaxs sifatida o‘sishida, rivojlanishida muhim jarayon hisoblanadi. Emotsiyani anglash 
hamda uni еtkazib berish qiyin jarayon bo‘lib, boladan ma’lum darajada bilim va rivojlanishni talab etadi. 
Psixologik tadqiqotimizdan ma’lum bo‘lishicha, 95 % 4-5 yoshli bolalar insonning emotsional holatini 
to‘g‘ri idrok eta olishadi. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin