Zamonaviy pedagogik texnologiyalar - davr talabi
pfn,Sh.Hamroyev Qashqadaryo
VXTXQTMOI o’qituvchisi
“О‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning
texnik va axborot vositalarini о‘quv jarayoniga joriy etish” “Ta’lim tо‘g‘risida”gi davlat
Qonunida hamda Kadrllar tayyorlash milliy dasturida qat’iy belgilab qо‘yilgan.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov 2012 yil 17 fevralda “Yuksak bilimli va intelektual
rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya
qilishning eng muhim sharti” mavzusida bо‘lib о‘tgan xalqaro Konferensiyaning ochilish
marosimidagi nutqida masalaga yanada aniqlik kiritib shunday degan edi:
“... faqat milliy
va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy
bilimlarni, intelektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarni egallagan insonlargina о‘z
oldimizga qо‘ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishish mumkin.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini о‘kuv jarayonida kо‘llashga
bо‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda, bunday bо‘lishining
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda о‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni
egallashga о‘rgatilgan bо‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini
о‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil о‘rganib, taxlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham
о‘zlari keltirib chiqarishlariga о‘rgatadi. О‘qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda
boshqaruvchilik, yо‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan
uzluksiz boyib boradi va an’anaviy о‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir
kо‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. О‘quv-tarbiyaviy jarayonni
texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi
inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida
axborot texnologiyasi – bu “о‘quvchi yoki talaba–kompyuter” о‘rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bо‘lib, u ta’lim
jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qо‘llana
boshlandi. Hozirgi kunda AKT barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi
texnologiyalar orasida yetakchi о‘rin egallamoqda. Shu bois yaqin kelajakda
respublikamizdagi
mavjud
barcha
о‘quv
yurtlari
dasturli
mashinalar
bilan yetarli darajada ta’minlash muammosi paydo bо‘ldi. Shundagina axborotli
texnologiya asosida о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish
imkoniyati tug‘iladi va u о‘qituvchining yaqin kо‘makdoshiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |