«Zarbulmasal»
«Zarbulmasal» arabcha «zarb» va «masal» so’zlarining qo’shiluvidan xosil bo’lgan birikmali nom bo’lib, «masal orttirmoq», «masal urmoq» mazmunini anglatadi, atama sifatida esa «masal keltirib so’zlashmoq2 ma’nosida keladi.
Gulxaniy o’z turmush tajribasida, ijodiy faoliyatida gazal voqea-xodisalarni atroflicha tasvirlashga qulay emasligini, uning ma’lum adabiy an’analar bilan belgilanishini, gazalning bosh temasi ishq va oshiqlik ekanligini yaxshi tushundi. (Sh/u xam shoir va oshiqlik ekanligini yaxshi tushundi) Sh/u xam shoir o’zining muxim sotsial qarashlarini, el-ulus taqdiriga bo’lgan munosabatini adabiyotning boshqa janrida-masalda ifoda etishni nazarda tutib «Zarbulmasal» asarini yozdi. Asarning kirish qismida adib bu kitobning, Amir Umarxon da’vati va buyrugiga ko’ra, xalq orasidagi masallar) va maqollarni to’plab, ularni bir necha xikoyatlar ichida tartib berish niyati bilan yozilganini uqtirib o’tgan, Ammo... turli ijtimoiy guruxlarning ramziy obrazini yaratish, ular tilidan keltirilgan bu maqollarida katta ma’no bor).
Gulxaniy saroy aristokratiyasi bilan kelisha olmadi. Mexnat axlining ogir, mashaqqatli xayoti, uzluksiz zulm uning ko’zini ochdi. Shoir saroy bazmlari va keti uzilmas mayparastliklarning xalqni talash va qiynash xisobiga uyushtirilganini payqadi. Bu xol, o’z navbatida, uning saroy ayonlariga, zadogonlariga, joylardagi amaldorlar va katta er egalariga nafratini toboro oshirdi. Lekin shoir xukmron doiralaridan noroziligini ochiq ifodalay olmas edi. Sh/u u allegorik asar yozishga jazm qildi. Zotan feodal munosabatlari va islom dini xukmron bo’lgan bir davrda, oddiy kishilarning xaq-xuquqini, manfaatini yoqlab chiqishag qaratilgan xar bir urinish shubxa ostiga olingan bir muxitda-tarakkiyparvar kuchlarning o’z progressiv qarashlarini, xalqchilik goyalarini targib qilish uchun qulay bo’lgan badiiy formalardan biri allegoriya edi. Allegoriyada shoirning xayotga, o’zini o’rab olgan muxitga, xokim tabaqalarga munosabati bevosita emas, balki jonivorlar, qushlar va shunga o’xshash allegorik obrazlarning tasviri orqali ifodalanadi. (Traditsiya= Fuzuliy «Bangu boda») ildizlari «Devon» lugat ut-turk qish va yoz manzarani yaqmniy «O’q va yoy», Amiriy «Bang va Chogir» munozaralari (X1U-XU).
Gulxaniy «Zarbulmasal» asarini yozish uchun xususiyatlarini yaxshi o’zlashtiradi. Jamiyatning turli tabaqa kishilari bilan muomola-munosabatda bo’lib, xalq maqollarini, xikmatli so’zlarini to’playdi. Zotan, asarda xalq maqollari katta o’rin tutgani uchun muallif asarini «Zarbulmasal» (maqollar, maqollar ta’mi) deb nomlagan.
Shuni xam qayd etib o’tish kerakki, Gulxaniy «Zarbulmasal»ida xikoya qilingan syujet-Boyqushlarning o’zaro qudachilik munosabatlari, ularning qiz uchun qalin evaziga minglab buzuq chordevor talab qilishi voqealari Gulxaniygacha bo’lgan davr manbalarida, chunonchi, Rabguziy qissalari va «Miftoxul-adl"»xikoyalarida aynan tilga olinadi. Biroq gulxaniy xalq ogzaki ijodida mavjud bo’lgan va undan diniy-didaktik mazmundagi asarlarga olingan bu syujetni kengaytiradi. Unga chuqur sotsial-satirik mazmun beradi, yangi personajlar kiritadi, undagi dramatizmni kuchaytiradi, davrning ijtimoiy-siyosiy xayotini xam qo’shib ifoda etadi.
«Zarbulmasal ijtimoiy-oilaviy munosabatlar temasida yozilgan allegorik asar bo’lib, bu munosabatlar yapoloqqush bilan Boyqushning o’zaro quda-andachilik mojarolarini tasvirlash orqali ifoda etiladi.
Asarning kompozitsiyasi nixoyatda murakkab, ammo tushunish nuqtai nazaridan sodda va maroqlidir.
Roviylarning rivoyatiga ko’ra, voqea «Ilgarigi axdi ayyomi nafar jomda Fargona iqlimida Kayqubod otliq podshoxdin qolgan bir eski shaxriston»da yuz beradi.
Ta’rifga sigmas darajada go’zal, xushxavo bir manzilda Boyo’gli va Boyqush istiqomat qiladi. Ulardan bir yogoch narida Yapaloqbibining ota-bobosidan qolgan joyi bor. Boyqushda go’zal qiz, yapoloqqushda esa o’gil farzandi balogatga etgan.
Yapoloqbibi bir kuni Ko’rqushni o’z qoshiga chorlab «O’glim Kulangir uchun Boyo’glining qizi Kunushbonuga sovchi bo’lib boring»,-deydi. Ko’rqush Yapaloqbibining balandparvozligiga kulgan bo’lsa xam, bu xayrli ishda bosh tortmaydi. Shox xizmatida turgan Kulangirni o’z ko’zi bilan ko’rib, undan keyin oyo’gli maskaniga borish niyatida yo’lga chiqadi. Yo’lda u Hudxud (popushak)ga duch keladi. Hudxud bilan, undan so’ng esa Kulangirning chechan xizmatkori Kuykunak va Kulangirning o’zi bilan munozarali suxbat bo’ladi.
Xullas Ko’rqush Boyo’glining uyiga etib keladi. Kizning otasi urug-aymoqlari bilan kengashib bir qarorga kelgandan so’ng (ot olsang-ovuling bilan kenga) maqoliga amal qilib, so’ng javob berajagini anglatadi. Bu xabar qushlar shoxi Malik shoxigacha borib etadi. Malikshoxin Boyo’gli talab qilgan qalin miqdorini aniqlash va tayyorlab qo’yish maqsadida sinalgan, ishning ko’zini biladigan xazinachisi Kordonni Turumtoy ismli xizmatkori bilan qo’shib Boyo’glining uyiga jo’natadi. Boyo’gli bulrani kutib olgandan so’ng Kordon, «Harna tilagan qilinni o’qz qulogim bilan anglagali keldim» deb maqsadini bayon qiladi. Ammo ish bitmaydi. Kordon Boo’glidan aniq javob ololmay, Ko’rqush oldiga borib, bo’lgan voqeani unga bayon etadi. Oxiri Ko’rqush qizning otasi talab qilgan ming chordevor evaziga uning roziligini olgandan so’ng xutba o’qitib, Gunashbonuni Kulonkirsultonga nikox qilib beradi.
Shuni aytish kerakki, Gulxaniy qushlarning qudachilik mojaralarini tasvirlash protsessida o’sha zamonda ijtiomiy munosabatlarni, milliy odatlarni, jumladan, qizga sovchilik qilish, maxr so’rash, xutba o’qitish kabi rasm-rusumlarni ko’rsatishga muvaffaq bo’lgan. Asardagi Boyo’gli, Yapaloqqush, qunushbonu, Kulongir sulton, Ko’rqush shungaki, oddiy parrandalar bo’lmay, balki o’sha zamonda yashagan turli kishilarning ma’lum xulq-atvorini o’zida mujassamlashtirgan allegorik obrazlardir. M: Sovchi kelgach, gunoshbonu otasi suxbati «Zarbulmasal» –T., 1960 yil, 35-bet.
Demak, bu parchada otasi uyida yurak bagri qon bo’lgan qizning ruxiy kechinmalari va intilishlari aks ettirilgan. Ma’lumki, musulmon odatda qiz uzatilayotganda ota-onasi uning roziligi bilan xisoblashib o’tirmas edi. Keltirilgan parchadan ma’lum bo’lishicha, gulxaniy ota-ona o’z farzandidan uning fikrini so’rashi, ajdodlariga quloq solishi kerak degan goyani olga suradi va bu bilan asarning xajviy-tanqidiy kuchini oshiradi.
Asar tarkibida 15 dan ortiq katta-kichik mustaqil syujetli masal, xikoyatlar keltirlgan. Bu masal, xikoyatlarning xar biri aloxida olinganda mustaqil adabiy-badiiy parcha ko’rinishiga ega, bir butun xolda esa murakkab bir kompozitsiyani xosil qiladi. «Zarbulmasal»ning bosh goyasi nima?
«Zarbulmasal»ning bosh goyasi tarixian nixoyat darajada muximdir,-deb yozadi. Akademik V.Y.Zoxidov asar xaqida so’z yuritar ekan – Yolgiz Fargona viloyatidagina emas, umuman, Movorounnaxrda vayronagarchilikning xukmronligini ko’rsatish va uni fosh etish; xokim ijtimoiy guruxlarning yaramasliklarini, razilliklarini ko’rsatish va ularni fosh qilish; xalq ommasining nixoyat darajada ogir axvolini, vijdon, nomus va aql egalarining paymol qilinganini ko’rsatish; vatanparvarlik va xalqparvarlik mana shular asarning bosh goyasini tashkil etadi. V.Y.Zoxidov. O’zbek adabiyoti tarixidan.204-bet.
Asarda, xaqiqatan xam, yurtning vayronaga aylangani va unga sababchi bo’lgan xonlik siyosati fosh qilinadi. Hukmron ijtiomiy tabaqalarning kirdikorldari ochib tashlanadi; turmushdagi bema’ni urf-odatlar, kishilar shaxsiyatidagi ochko’zlik, qalloblik, tekinxo’rlik, befarosatlilik, kaltabinlik, laganbardorlik, shuxratparastlik singari yaramas xususiyatlar, illatlar fosh etilib qoralanadi. «Maymun va Najjor», «Tuya bilan Bo’taloq», «Toshbaqa bilan Chayon» mustaqil o’qilsin, obrazlari puxta o’rganilsin.
«Zarbulmasal»ning boshqa allegorik asarlardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri shuki, unda kichik-kichik xikoyachalar berilib, ular shoir yashab turgan davrning u yoki bu konkret shaxsiga qaratiladi; din vakillari, bozor dalollari, xato ko’chiruvchi kotiblar va boshqalar qattiq tanqid qilinadi. Chunonchi, Muxammad Qosim dalloli rangfurushning qiyofasini ko’rsatuvchi xikoya bilan tanishaylik:
Dostları ilə paylaş: |