Zargarlik san‘ati tarixi, uning rivojlanish bosqichlari-fayllar.org
Xorazmdagi Tuproqqal’a devorlardagi tasvirlardan o’sha davrlardagi ayollar quloqlariga nafis zirak taqqanliklari ma’lum bo’lgan (bu tasvir III asrga taalluqli). Bulardan tashqari bronzadan quyib ishlangan bir qancha osma taqinchoqlar x,am topilgan. Bu osma taqinchoqlar I—IV asrga mansub bo’lib Xorazmning Ayozqal’a, Yetti asar, burgutqal’a va boshqa joilaridan topilgan.

IV—V asrlarda zargarlik buyumlari kam ishlangan. Ular tosh, shisha, pastalardan qilingan. Masalan. Xorazmda shishadan qilingan sher va qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilganu Bolaliktepadagi topilmada V asr oxiri VI asr boshlarida ishlangan devoriy rasmda ayol kishining qulog’i va barmog’ida zargarlik taqinchoqlari tasvirlangan. Afrosiyobdagi VI—VII asrga mansub devoriy rasmda erkak kishining qo’lida sovg’a taqinchoqlarni olib kelayotgani tasvirlangan. Bulardan tashqari ayol sochlarida osma taqinchoqlar osilganligi tasvirlangan.
XIII—XIV asrlargacha zargarlik buyumlarida ko’pincha hayvonlar tasvirlangan bo’lsa, keyinchalik esa arab yozuvlari kompozisiyaga kirib o’ziga xos ko’rinish berdi. Bu yozuvlar bir tomondan naqsh bezagi va ikkinchi tomondan ma’no jihatdan farqlanar edi. XVIII asrda O’rta Osiyodagi o’zaro ichki urushlar zargarlik san’atining rivojlanishiga salbiy ta’sir etdi. Keyinchalik xonliklar paydo bo’lishi bilan zargarlik yanada rivojlana boshladi. XVIII asrda mo’g’ul bosqinchilaridan so’ng birinchi marta oltin tangalar ishlab chiqarila boshlandi. Zargarlik buyumlari oltindan, kumushdan va boshqalardan ishlandi. Qurolaslahalar ajoyib qimmatbaho toshlar, shisha, billur, oltin va boshqalar bilan bezatildi. Zargarlar juda yumshoq va yorqin bo’lmagan nefrit va kumushdan, juda yorqin oltin va nefrit kabilarni ishlatdilar.