36
Esda qoldirish jarayoni-antitsipatsiya
yoki yodlash, axborotni esda saqlash-
saqlash; tanish-o`xshash qatorlar, individual xususiyatlar
esa qatorning tushirib
qoldirilgan a`zosi metodlari bilan o`rganiladi.
Tanish jarayonini tajriba yo`li bilan o`rganilganda berilgan materialni esda
qoldirish va uni qayta esga tushirishni o`rganish alohida o`rin tutadi. Bu tanish
jarayonini xotiraning boshqa jarayonlaridan farqini
ajratib turuvchi asosiy
xususiyatdir. Tanish boshqa jarayonlarga nisbatan engilroq, muvaffakiyatliroq deb
qaraladi. Ammo, sun`iy ravishda tanish jarayonini murakkablashtirish mumkin.
Bunda ko`rsatiladigan qo`zg`atuvchilar soni ko`paytiriladi yoki ularning xususiyatlari
orttiriladi. Ba`zan tekshiriluvchi yo`l qo`yadigan xatolar soni ortib boradi.
O`xshash qatorlar metodi tanish jarayonini o`rganishning
klassik uslublaridan
biridir. Bu metodda tekshiriluvchiga avval so`zlar qatori beriladi, so`ngra biroz vaqt
o`tgach undan ko`ra uzunroq so`zlar qatori beriladi. Bu qatorda avvalgi berilgan
so`zlar ham mavjud bo`lib, tekshiriluvchining vazifasi ularni aniqlashdan iboratdir.
Natijalarni tahlil qilishda quyidagi ko`rsatkichlar aniqlanadi. Birinchidan,
tanish
jarayonining miqdoriy ko`rsatkichini aniqlanadi (K
T
). Bu koeffitsient to`g`ri tanilgan
so`zlar sonining (m) umumiy ko`rsatilgan so`zlar soniga (N) nisbatini 100 ga
ko`paytirilganiga teng, ya`ni
%
100
N
m
К
Т
Agar xatoliklar mavjud bo`lmasa, u holda tanish koeffitsienti 100% ga teng bo`ladi.
Ikkinchidan; tanish jarayonining sifat ko`rsatkichini aniqlash uchun xatolar
koeffitsienti K
x
hisoblab topiladi. Bu koeffitsient ikkinchi marta ko`rsatilganda yo`l
qo`yilgan xatolar sonining (R) umumiy so`zlar soniga nisbatini 100 ga
ko`paytirilganiga teng.
%
100
N
P
К
х
Tanish va xatolar koeffitsienti bir -biriga teskari bog`liqlikka egadir.
Komp’yuter xotirasi va inson xotirasi o`rtasida farq
bormi?
Operativ xotirani ko`pincha amaliy maqsadlarda tadqiq etiladi. Ayniqsa, bu
muammo bilan muhandislik psixologiyasi shug`ullanadi. Operativ xotirani o`rganish
jarayonida esda qoldirish xajmi,
esda saqlash muddati, materialni qayta esga
tushirishning aniqligi e`tiborga olinadi.
Laboratoriya tadqiqotlarida G.V.Repkina ishlab chiqqan va T.P.Zinchenko
tomonidan qayta ishlangan metoddan foydalaniladi. Tajriba raqamli material
yordamida olib boriladi.
Bunda tasmaga bir, ikki, uch xonali sonlar yoziladi.
Tekshiriluvchining vazifasi eksperimentator tomonidan ko`rsatilgan raqamlarni
o`chirishdan iborat.
Natijalarni tahlil qilish uchun quyidagi uchta ko`rsatkich olinadi; Birinchidan,
barcha sinovlar uchun to`g`ri topilgan raqamlarning o`rtacha miqdorini topish. Bu
ko`rsatkich esda qoldirishning o`rtacha xajmi (V) ya`ni,
?
37
N
m
V
bu erda m- har bir sinovda tekshiriluvchi tomonidan to`g`ri topilgan raqamlar soni, N
- sonlarning dasturdagi mikdori.
Ikkinchidan; - bu operativ xotirada materialning saqlanish muddati:
S
l
T
bu erda l - tajriba boshlanishdan tekshiriluvchining birinchi xatoga yo`l qo`yguncha
o`tgan tasma(lenta) uzunligi, S - tasmaning o`tish tezligi
(bu erda S q5 mm G` s.)
Uchinchidan: - bu operativ xotirada qayta esga tushurishning aniqligi (A).
Ne
P
Ne
A
bu erda P - tekshiriluvchining xatolari soni.
Tajriba boshlangunga qadar o`zi yozib oluvchi tasmaga 30 ta uch xonali (1-
bosqich uchun), 60 ta 2 xonali (2-bosqich uchun) va 30 ta 1 xonali (3-bosqich uchun
) sonlar yozib tayyorlab qo`yiladi.
1-bosqich – 1 sinovdan, ikkinchisi 2 ta va 3-bosqich 1 ta sinovdan iborat. V, T
va A ko`rsatkichlari solishtirilib, vazifaning murakkabligi operativ xotiraga qanday
ta`sir etishi haqida xulosa chiqariladi.
Xotirani tajriba yo`li bilan o`rganish qanday amaliy ahamiyatga ega?
Inson xotirasining tiplari sof holda juda kam uchraydi. Ko`p hollarda ular bir-
biri bilan qo`shilib ketgan bo`lib, ulardan biri boshqasiga nisbatan etakchilik qilish
mumkin.
Ana shu etakchi xotira tipini aniqlash uchun qatorning ushlab qolingan a`zolari
metodidan foydalaniladi. Bu metodning mohiyatiga ko`ra tekshiriluvchiga qator
so`zlar o`qib beriladi, so`zlardan esda qoldirilganlarini qayta esga tushirib aytib
berishi kerak. Xotirada qoldirilgan so`zlar soni (m) ni hisoblab, qayta esga tushirish
koeffitsientini (Kv) topish mumkin.
%
100
N
m
К
в
Etakchi xotira tipini aniqlash uchun qo`zg`atuvchi material turli usulda ko`rsatilishii
mumkin. (ko`rish, eshitish, yoki aralash). eksperimentator materialni ko`rsatishi,
o`qib berishi, yoki tekshiriluvchiga materialni o`qib
berilayotganda pichirlab
takrorlab turishi, havoda qo`li bilan yozib turishiga ham ruxsat berilishi mumkin. Har
bir sinovdan so`ng tekshiriluvchi eslab qolgan so`zlarini tartibidan qat`iy nazar
varaqqa yozib chiqadi.
Tajriba natijalarini tahlil qilishda qayta esga tushirish koeffitsienti taqqoslanib,
xotiraning etakchi tipi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: