32
R E J A :
1. Idrok xossalarining umumiy tavsifi.
2. Passiv va faol tuyish orqali shaklni idrok qilish.
3. Idrokning konstantligini o`lchash.
4. Ko`rish idrokidagi adaptatsiyani o`rganish.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Idrok-predmet va hodisalarni yaxlit bir butun holda aks ettirish.
Konstantlik-predmetlarning fazodagi vaziyati o`zgargani holda idrok
obrazlarining o`zgarmay qolishi.
Illyuziya-fazodagi ob`ektlarni noto`g`ri idrok qilish.
Adaptatsiya- qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi.
Idrokning yaxlitligi- idrok obrazlarining bir butun holda aks ettirilishi.
Predmetlilik-tashqi olamdagi ob`ektlarni uni o`ziga tenglashtirish.
Sezgi va idrok bir-biridan qanday farq qiladi?
Hozirgi zamon psixologiyasida ob`ektiv borliqni aks ettirishning bir nechta
darajasi farqlanadi: sensor, pertseptiv (birlamchi obrazlar), tasavvur va xayol
(ikkilamchi obraz), nutq- fikrlash darajalaridir. Idrok ham sezgilar kabi ob`ektiv
borliqni bevosita aks ettiruvchi jarayonlar tarkibiga kiradi.
Idrok deganda, ob`ektiv vokelikdagi predmet va hodisalarning sezgi a`zolariga
bevosita ta`sir etishi natijasidagi sub`ektiv aks ettirish tushuniladi. Bu ta`sir natijasida
sub`ektda narsa va hodisalarning yaxlit obrazi shakllanadi. Sezgilardan farqli o`laroq
idrok hissiy bilishning yangi bosqichi bo`lib, predmet va hodisalarni barcha
xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir.
Idrok obrazlarida ob`ektlarning muhim xususiyatlari: fazodagi joylashgan urni
(lokalizatsiya), uzoq-yaqinligi, yo`nalishi, rel’efi, hajmi, davomiyligi, izchilligi va
boshqalar aks ettiriladi. Bu xususiyatlar idrokning makon va zamondagi tuzilishini
tashkil etadi. SHu bilan birga idrok modallik va intensivlik (jadallik) xususiyatiga
ham
ega.
Idrokning
modalligida
analizatorlar
qabul
qilayotgan
tashqi
qo`zg`atuvchilarning sifat jihatdan farqlari ajratiladi. Intensivligi esa tashqi olamdan
kelayotgan qo`zg`atuvchilarning miqdoriy quvvat ko`rsatkichlarini aks ettiradi.
Kuzatuvchanlik idrokning xususiyatimi yoki diqqatga xosmi?
Idrok ruhiy jarayon sifatida yana yuksakrok xususiyatlarga ham egadir. Bu
xususiyatlar - predmetlilik, konstantlik, yaxlitlik, ma`lum tartibda tuzilganlik va
umumiylikdan iborat.
Mazkur mavzuda biz tuyish va ko`rish idrokini eksperimental o`rganish
metodlariga, ularni tahlil qilishining eng oddiy usullariga murojaat qilishimiz
mumkin.
“Tuyish” tushunchasidan ikki xil o`rinda foydalanilishi mumkin. Birinchidan -
teri sezgirligini ifodalash maqsadida. Bu holda uning - harorat, og`riq va taktil
sezgirlik turlari farqlanadi. Ikkinchi tomondan - gaptik sezgirlik sifatida namoyon
bo`lib, uning taktil va kinestetik turlari ajratiladi. Gaptik sezgirlik - paypaslab ko`rish
Dostları ilə paylaş: