Zarur materiallar: Qog‘oz, qalam yoki ruchka, test. Temperamentni o‘rganishning juda ko‘p xilma-xil metodlari mavjud. «Znanie — sila»


Flegmatik temperament (balg‘am - grekcha phegma)



Yüklə 27,75 Kb.
səhifə3/3
tarix30.03.2023
ölçüsü27,75 Kb.
#91435
1   2   3
A.BELOV - Temperamentni aniqlash test

Flegmatik temperament (balg‘am - grekcha phegma)hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil temperamentli .odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik protsesslari sust bo‘ladi. Bu xil temperamentli odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min-qobil bo‘ladi. Ular ko‘pchilikka kam aralashadigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o‘yinlarga moyil bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin-kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish ko‘radilar, yaxshi o‘qib ketishlari mumkin.
Melanxolik temperament (qora o‘t - grekcha melanhole) - hissiyotning sekin, lekin kuchli qo‘zg‘aluvchanligi va barqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo‘ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo‘ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo‘ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga etkazmay qo‘ymaydi.
Bunday temperamentli bolalar mo‘min-qobil, yuvosh bo‘ladilar, ko‘pincha, birov savol bilan murojaat qilsa, uyalib, tortinib javob beradilar. Ularni darrov xafa yoki xursand qilish engil emas, lekik bir narsadan xafa bo‘lsalar, bu xafalik uzoq davom etadi, barqaror bo‘ladi. Ular bir ishga yoki o‘yinga tez yopishib kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o‘yin boshlasalar, bunda chidam va matonat ko‘rsatadilar.


Yüklə 27,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin