Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


xulosavafoydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan



Yüklə 485,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix13.12.2022
ölçüsü485,48 Kb.
#74470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
xulosavafoydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismi mavzuning dolzarbligi, amaliy va nazariy ahamiyati, 
vazifalari, metodologik asosi, ishning yangiligi, ob’ekti, materiali va predmetini o’z ichiga oladi. 
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar 
nazariyasi haqida umumiy ma’lumot berildi. 
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida Ingliz va O’zbek tillarida qo’shma gaplar 
hajmi masalasi hamda o’xshash va noo’xshash jihatlari, hamda tarjima jarayonidagi 
qiyinchiliklar ko’rib chiqildi. 
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida qo’shma gaplarni o’zbek maktablarida 
o’qitish yuzasidan metodik tavsiyalar va mustahkamlash uchun mashqlar tizimidan na’munalar 
berildi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida ishni yozish davomida olingan bilim va 
ko’nikmalar haqida, hamda kiritilgan yangilik haqida qisqacha fikrlar bayon qilindi. 
Bitiruv malakaviy ishining adabiyotlar ro’yxati ishni yozish davomida foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati bilan to’ldirildi. 
 
 
 
 
Birinchi bob.Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi. 
1.1 Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma gaplar nazariyasi 



Til insonlar orasidagi aloqa vositasi bo’lib, u yordamida kishilar o’z fikrini, maqsad, his-
hayajonlarini ifodalaydilar, muloqot va munosabatga kirishadilar. Fikr turlicha ifodalanadi: 
sodda yoki qo’shma gaplar, murakkab qo’shma gaplar orqali, darak, so’roq, buyruq, undov 
gaplar vositasi bilan ikki yoki bir sostavli gaplar yordamida,to’liq yohud to’liqsiz gaplar orqali 
ifodalinishi mumkin. Bu shakllarning turi fikrning hususiyatiga ma’lum maqsadga ko’ra 
belgilanadi. Ammo gap qanday shaklda bo’lmasin unda kishining ma’lum maqsadi ifodalanadi. 
Bundan xatto undov yoki so’roq gaplar ham mustasno emas.Binobarin til ham o’z navbatida 
fikrga, ongga ta’sir etadi, uni shakllantiradi, kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Fikr, ong va til 
o’zaro aloqada shakllanadi, namoyon bo’ladi, taraqqiy etadi. Shulardan kelib chiqib til 
birliklarining asosi bo’lgan gap haqida o’z fikrlarimizni bayon etmoqchimiz. 
Gap haqida gapirar ekanmiz, avvalo uning ta’rifiga to’xtashimiz joizdir.Gap nisbiy fikr tugashiga 
va predikativlikning mavjud bo’lishi hamda u Grammatik jihatdan ma’lum qonun va qoidalar 
asosida shakllanishi, o’ziga hos ohangga ega bo’lishi shart. Gapning bu hususiyatlari ko’pchilik 
tillar uchun umumiydir. Ammo bu belgilarning turli tillarda namoyon bo’lishi, ahamiyati, o’rni 
turlichadir. Har bir gap ma’lum maqsad va fikrni yoki his-hayajonni ifodalaydi, aks holda gap 
emas, so’z birikmasi bo’lib qoladi. 
Gap bo’lishi uchun, albatta, egasi bilan shaxsda, sonda moslashgan fe’l bo’lishi shart 
emas.Ma’lum maqsad fikr ifodalangan, predikativ munosabati mavjud bo’lgan qurilmalar hatto 
ayrim so’zlar ham gap sanaladi. 
Spring! Bahor! 
 Birds! Qushlar! 
Gap Grammatik jihatdan tuzilishiga ko’ra o’ziga xos bir qurilmani tashkil etadi. Ingliz va o’zbek 
tillarida gaplarni quyidagi guruhlarga ajratamiz. 
Simple sentence sodda gap 
Complex sentence ergash gapli qo’shma gap 
Compound sentence bog’langan qo’shma gap 
Composite sentence qo’shma gap 

Yüklə 485,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin