15
Sharif ham shunday o`ylamasin deb, hanuz gapirganim yo`q.
4. Shart mayli vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari
ergash gap
kesimi tarkibida keladigan
–sa, qo`shimchasi yordamida bog`lanadi:
Bola o`qisa, foydasi o`ziga, keyin ota-onasiga tegadi.
5. Ko`rsatish olmoshi vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplarqismlari bosh
gap tarkibida keladigan ko`rsatish olmoshi va
–ki yuklamasi orqali bog`lanadi:
Alam qiladigan yeri shuki, bu qo`rg`onni ko`z oldimizda tiklashdi.
6. Nisbiy so`zli ergash gapli qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ―savol-
javob‖ juftligini hosil qilib, bir-biriga nisbatan qo`llanuvchi
qaysi-o`sha, kim-u, nima –o`sha ,
qanday- shunday, qayerda- shu yerda, qancha –shuncha, qanday-shunday kabi nisbiy so`zlar va
–
sa qo`shimchasi yordamida bog`lanadi:
Kimki boshqalar taqdiriga o`z taqdiridek, boshqalar shodligi va qayg`usiga o`z shodligi
va qayg`usidek qarar ekan, u chinakam insondir.
Kesim ergash gapli qo`shma
gaplar
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini
izohlab
keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish
olmoshi tarkibidagi –
ki yuklamasi yordamida bog`lanadi:
Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim.
Ega ergash gapli qo`shma gaplar
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi
ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh
gap kesimi tarkibida keluvchi –
ki yuklamasi yordamida bog`lanadi.
Dostları ilə paylaş: