Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti



Yüklə 485,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/33
tarix13.12.2022
ölçüsü485,48 Kb.
#74470
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
keldim: garnizon yanchidi. 
 
Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha bo`ladi: 
1. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-
hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo`yiladi: 
 
Arava hijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zumga ham to`xtatmas edi 
2. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo`lsa, 
ular orasiga nuqtali vergul qo`yiladi: 
Yomg`ir chelakdan quyganday sharillab yog`ardi; uning xayoli uzoq yoshlik paytlarida 
kezar edi. 
3. Bog`lovchisiz qo`shma gapning ikkkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, 
izohlasa, to`ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi: 
 
Gap shu: ertaga men bilan yo`lga chiqasiz. 


17 
4.Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro zidlik yoki o`xshashlik munosabatiga 
kirishgan bo`lsa, ular orasiga tire qo`yiladi: 
Qor yog`di- don yog`di. 
Yoshim yetmish ikkida-o`zim yigitman. 
Yuqoridagi olingan ma’lumotlarga asoslanib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, har ikki 
tilda ham qo’shma gaplar tuzilish jihatdan yetarlicha yoritilgan.
1.2Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma qaplar hajmi masalasi. 
 
Qo’shma gaplar nazariyasida shuningdek, professor G’.M. Hoshimov tomonidan 
yaratilgan ―taksemik nazariya‖ ham mavjud bo’lib, bu nazariya asosan mavjud qo’shma 
gaplarning tuzilish jihatidan hajmi masalasi tadqiq qilingan 
Professor G’.M. Hoshimovning olib brogan ilmiy tadqiqoti o’zi tomonidan yaratilgan 
taksemik birliklar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, u zamonaviy tilshunoslikning dolzarb 
masalalaridan biri – qo’shma gaplar tipologik va umumiy sintaksisi nazariy asoslarini 
yaratishga hamda ― Turli tizimdagi tillarda qo’shma gap tipologiyasi‖ mavzusiga 
bag’ishlangan. U qo’shma gaplarning ko’pchilik olimlar tomonidan hanuzgacha e’tiborga 
olinmay kelinayotgan so’z kabi yaxlit belgilik xususiyatiga jiddiy ahamiyat berib , shu 
asosda tadqiq etilayotgan birliklarga yondashishni qat’iy tamoyil qilib qo’ygan, natijada 
ularning bir qator munozarali jihatlariga jumladan, qo’shma gaplarning struktural – semantik 
tasnifi va tavsifi, ularning umumsintaktik maqomini tashkil etuvchi komponentlarning 
lisoniy tabiati, bog’lovchi vositalar turlariga o’zgacha yondoshib tegishli xulosa va 
yechimlarga kelgan. Uning tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, sintaksis va uning birliklari bo’lgan 
monotaksema va politaksemalar har qanday til uchun universal daraja hisoblanadi. Taksema 
(taxeme) so’zida ko’pgina lingvistik birliklarni mujassamlashtirgan sintaktik birlik bo’lib, 
eng kamida bitta ega va bitta kesimdan iborat bo’ladi. Monotaksema (monotaxeme) bir ega-
kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – sodda gap bo’lsa, politaksema (polytaxeme) esa bir 
necha ega kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – qo’shma gapdir.
Politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), 
gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), 
ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga 
bo’linadi. Quyida yuqoridagilarga batafsil to’xtalamiz. 
Kollotaksema (collotaxeme) – tarkibida ikkita bog’lovchisiz taksema mavjud bo’ladi. 


18 

Yüklə 485,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin