/
Qon aylanishining tarkibiy qismidagi har qanday о ‘zgarishlar
uning teng miqdorda buzilishiga olib keladi.
Bundan oldin aytilganidek, qon aylanishi yurakning qisqarish
faoliyati tufayli buzilishi ham mumkin. Bu hoi m iokardda
energctik meabolizmning kamayishi, miokard shikastlanishi,
kom pensator faoliyatlari sarflangani, yurakning urish ravonligi
buzilishi natijasida yuzaga keladi. Bu o ‘zgarishlar tufayli qon
aylanishining
dinamik hajmi kamayadi, yurakning qoldiq hajmi
oshadi, kichik qon aylanish doirasida qon tomirlarid agi bosim
oshadi. Bu esa o ‘z navbatida katta qon aylanish doirasida qon
yig'ilishiga va qon bosimi oshishiga olib keladi. Bolalami
davolash amaliyotida ushbu holat miokarditlar, yurak nuqsonlari,
o ‘tkir nefritlar, komalar, toksikozlar va zaharlanish holatlarida
uchraydi. Qon aylanishi faoliyatini
baholashda uning quyidagi
turlaridan ham foydalaniladi.
1. Gipodinamiya yoki qon aylanishi kamayishi tufayli vujudga
kelgan holat. Bu holatga yurakning urish hajmi kamayishi,
yurakning urish tezligi oshishi va umumiy periferik: qarshilik
oshishiga xosdir.
2. N orm odinam iya - normal ko ‘rsatgichlari bilan ajralib turadi.
3. Giperdinamiya - bu holatga esa yurakning urish tezligi
oshishi, qon aylanishning daqiqalik hajmi k o ‘payishi, am um iy va
periferik qarshilik pasayish holatlari xosdir.
0 ‘tkir yurak yctishm ovchiligi chap yoki o ‘ng tom onlam a
b o ‘lishi mumkin. 0 ‘ng qorincha o ‘tkir yurak yctishm ovchiligi shu
yurak yarim iga xaddan tashqari zo‘riqish tushgani tufayli kclib
chiqadi (Tom irlarga quylayotgan suyuqliklar tez-oqishi,
gipertonik
suyuqliklar kiritilishi).
Bu o ‘pka doirasi tom irlari qisqarishiga va ulam ing qarshiligi
oshishiga olib keladi. Y urakning qisqarish tezligi l
bem or k o ‘karadi va nihoyat markaziy venoz qon bosim i oshib
ketadi (300-400 mm suv ustuni), b o ‘yin venalari b o ‘rtib
kattalashadi va jig ar lcattalashadi. Bu belgilar "kichkina yurak
qisqarish hajmi" sindromi tufayli rivojlanadi.
0 ‘pka shishi - o ‘tkir yurak yctishm ovchiligining xavfli
alomatlaridan
biri
bo‘lib,
chap
qorincha
o ‘tkir
yurak
yctishm ovchiligi hisoblanadi. Shu hololatning patogenczi hali ham
oxirigacha o ‘rganilmagan. A l’vcola b o ‘shlig‘ida transsudatsiya
natijasida
ortiqcha
suyuqlik
yig ‘iladi.
0 ‘tkir
yurak
yctishmovchiligi tufayli o ‘pka shishi rivojlaganda oqib kcladigan
va kctadigan
qon muvozanati buziladi, kapillyardagi bosim
oshadi, qonda O
2
va S 0 2 almashinuvi buziladi. Gipoksiya
kucliayadi va tomir devorining o ‘tkazuvchanligi k o ‘payadi. 0 ‘pka
kapillyardagi gidrostatik bosim onkotik bosimdan ortiq b o ‘lgani
tufayli, suyuqlik al’vcola ichiga o ‘ta boshlaydi. Oqsil moddalarga
boy bu transsudat havo bilan q o ‘shilib k o ‘pik hosil qiladi.
N atijada al’vcola bo‘shlig‘i va nafas y o ‘llari k o ‘pik bilan to ‘lib
qoladi. Bu o ‘z navbatida gaz alm ashuvining buzilishiga va
gipoksiya kuchayishiga sabab b o ‘ladi. Ushbu hoi juda tcz
rivojlanishi, lckin ba’zan bir nccha kungacha cho‘zilishi ham
mumkin. K o‘pincha bunday holatlar kcchasi sodir b o ‘ladi, bunga
parasim patik ncrv sistcmasining yurakka ta ’siri kuchayishi va
m a’ lum darajada o ‘pkaga qon yangidan
taqsim lanishi sabab
bo ‘ladi. Bu holat yuz bcrganda, nafas qisilishi yuzaga kclgandan
kcyin qizg‘ish k o ‘pikli balg‘am chiqaradi va nafas xirillab
cshitiladi. Bcmorning rangi k o ‘kim tir tusga kiradi. Bcmor
u y g ‘onib o ‘tiradi, nafas olishi qiyinlashadi. Q onga adrenalin va
gistaminning katta miqdorda chiqarilishi tom irlarning haddan
tashqari qisqarishiga, taxikardiyaga sabab b o ‘ladi. 0 ‘pka shishi
rivojlanayotganiga
shubxa qilinsa, yordam k o ‘rsatishni tczda
boshlash kcrak:
1. Nafas yoMlarining erkin o ‘tkazuvchanIigini tiklash:
• balg‘amni so‘rib olish;
• 30 %lik spirt bilan nam langan kislorod ingalyatsiyasi;
• antifomsilan.
2 . 0 ‘ng qorinchaga oqib kcladigan vcnoz qon miqdorini
kamaytirish:
• oyoqlarga bog‘ich q o ‘yish;
• siydik haydovchi vositalarni keng qo‘llash;
• ganglioblokatorlarni q o ‘llash;
• qonning osmotik bosim ini ko‘tarish uchun glyukozaning
gipertonik eritmalarini q o ‘llash.
3. Yurak mushaklarining qisqaruvchanligi faoliyatini oshirish
uchun yurak glikozidlari -strofantin yoki korglikon ish-
latiladi.
4. Y urak mushaklarini energetik manba bilan ta ’m inlash uchun
kokarboksilaza, ATF, В guruh vitaminlari kiritiladi.
5. Tom irlar devori o ‘tkazuvchanligini kamaytirish va shu
m aqsadda k al’siy glyukonat, В, C, RK vitam inlarini kiritish.
6. 0 ‘pka shishida am inazin va antigistamin
dorilardan iborat
b o ‘lgan litik eritma (0,1 ml/yoshiga) tomir orqali yuboriladi.
Kortikosteroidlarni q o ‘llash esa tomirlar o ‘tkazuvchanligini
kamaytiradi. Atsidozga qarshi 4% gidrokarbonat natriy
eritmasi ishlatiladi (2-4 ml/kg). Sitrat zaharlanishining oldini
olishga k al’tsiy xlorid yoki glyukonat k al’tsiy (10%
eritm adan 10,0 ml har 500,0 ml tomizilgan qonga), 5-10 ml
0,5% novokain eritm asi va 10 ml 2,4% eufillin eritmasi
tom irga yuboriladi.
0 ‘pka arteriyasi tromboemboliyasi
strcptokinaza 1 ml sutka ichida, fibrinolizin 20000 birlik 3-4
soat ichida, keyinchalik geparin 200-400 birlik/kg har 4
soatda qoMlab, bartaraf ctiladi.
Dostları ilə paylaş: