I l l BOB. MENEJMENT NAZARIYALARI, MAKTABLARI
VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
3.1. Menejment nazariyalarining evolutsion rivojlanishi
Boshqarish
nazariyasining
dastlabki
kurtaklari
qadim
zamonlarga borib taqaladi, Yuliy Sezar, Aleksandr Makedonskiy,
Turkistonda esa o ‘rta asrlar davrida Amir Temur hukmronligi
vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy
bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. 0 ‘sha davr menejerlari
harbiy intizomni o ‘matish maqsadida odamlarni jazo bilan
qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi
usullami qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan
foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat
undirishning g‘oyatda samarali usuli deb qaralgan. Amir Temur
davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga
ham Sohibqironning o‘z qo‘l ostidagilarni
«qo'rquv bilan umid
о ‘rtasida ushlash»
bo‘yicha boshqargani sabab boMgan.
Kapitalizm tuzumining boshlangMch davrida tadbirkor —
mulk egasi ishlab chiqarishni o ‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib
boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada boMgan sanoat
inqilobi boshqaruvga boMgan qiziqishni yanada kuchaytirdi va
boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika
va texnologiyaning takomillushuvi, ishlab chiqarishning keskin
o ‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yubordi va uni maxsus
bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus sohasiga aylantirdi.
Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv sohasidagi tajribani
umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv
to ‘g ‘risidagi ilm, fan vujudga keldi. 0 ‘sha davrdanto bugungi kunga
qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish evolutsion
tarzda rivojlangan va o ‘zining tegishli hissasini qo‘shgan:
Dostları ilə paylaş: