F.Rotlisberger, sotsiolog R.Laykert, Ch.Bella va boshqa olimlaming
nomini keltirish mumkin. Bu ta’lim doirasida «iqtisodiy o dam »
degan tushuncha paydo bo‘la boshladi. «Iqtisodiy odam» o ‘zining
mehnati, aniqrog‘i, mehnatini sotgani
uchun iloji boricha katta
boylik oladi. «Ijtimoiy odam» o ‘zi ruhiy qoniqish (rag‘batlanish)
olishga harakat qiladi. Ta’limot vakillarining fikricha, eng asosiysi
insonning ijtimoiy mohiyatidir. E.Meyo va nazariyotchilarning
fikri bo‘yicha industriyalashtirish asri an ’anaviy, avvalgi ijtimoiy
shakllanishlarga xos guruhlar aloqasini barbod etadi.
Inson munosabatlari ta’limotiasoschilaridanbiri F.Rotlisberger
noshakllanish tarkibiga me’yorlar to ‘plami,
norasmiy qoidalar,
inkor boMish, ular orasidagi ichki aloqalar to ‘plamini kiritgan.
Bular normal tarkibda amalga oshadi, uni nazorat qilmaydi va
cheklamaydi.
Boshqa ikkita olim U.French va Ch.Bella tashkilotni aysberg
bilan taqqoslaydi,uning suv ostidagi
qismi noshakllanish tarkibi
elementlaridan, yuqori qismi esa shakllanish tarkibi elementlaridan
iboratdir. Shu bilan birga, ular ishlab chiqarish jarayonida «ijtimoiy
inson»ni, boshqaruvda ijtimoiy-psixologik usullar ustunligiga
diqqatni qaratdilar. Amerikalik sotsiolog R.Laykert korxonadagi
haqiqiy menejmentning tashkiliy tarkibini ishlab chiqdi. Bu
quyidagilardir:
1.
Boshqaruv usuli, unda rahbar o ‘zining koM ostidagilariga
suyanishini namoyish etadi.
2. Rahbarni qoM ostidagilarni guruhlar shaklidagi faoliyatini
rag‘batlantirish va ularni faol ishga jalb etishga harakat qilishi.
3. Aloqa yoMlari, unda axborotlar oqimi hamma tom onga
yo‘naltirilgan va m a’lumotlar barcha a ’zolar
ishtiroki orasida
takomillashadi.
4. Mavjud barcha darajada va barcha a ’zolar ishtirokida qabul
qilingan qarorlar tavsifi.
5. Guruhli mulohaza yoMi bilan aniqlangan tashkilot maqsadi, bu
esa maqsadlarga qarshi maxfiy harakatlarni bartaraf etadi.
6. Bir markazda to‘planib qolmasdan, k o ‘p uchastkalar orasida
taqsimlangan nazorat vazifasi.
47
«Inson munosabatlari» nuqtai nazarining taraqqiyoti XX as-
ming 30-50-yillariga to ‘g ‘ri keladi.
Uni baholab aytish mumkinki,
bu nuqtai nazar kapitalistik menejment taraqqiyotida o‘ta muhim rol
o'ynaydi. Ikki ta’lim ot — ilmiy menejment va inson munosabatlari
asosan — boshqaruv ilmini vujudga keltirdi. Agar klassik ta’limot
umumiy boshqaruv asoslarini ishlab chiqqan bo‘lsa, unda inson
munosabatlari ta ’limotining ulushi boshqaruvning ikkinchi muhim
tomoni — ijtimoiy-psixologik tomonini yaratdi. Inson munosabat
lari ta’limotining zamondoshlari bu ilmiy fikrning bir qator erish-
gan aniq muvaffaqiyatlarini yuksak baholadilar. Masalan, menej
mentning ishchilarga diqqat-e’tibori,
ularning talablariga, ishchi va
xizmatchilarni muhim ishlab chiqarish masalalarini yechishda jalb
qilish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: