layotgan yangilikning qabul qilinishi yoki salbiy baholanishi
to ‘g ‘risidagi m a’muriy qaror. 2. Boshqarishning yangi nazariy va
uslubiy tomonlarini izohlash, ilmiy va amaliy asoslab berish.
3.
Ilmiy menejment uslublari tizimini rivojlantirish, ularning ilmiy
asoslanganligini oshirish.
Sotsiologik tadqiqotlar uslubi.
Sotsiologik tadqiqotlar tash
kilot personali ehtiyojlari va qiziqishlari, odamlar va guruhlar o ‘rta-
sidagi o ‘zaro munosabatlar xarakteri, kadrlar tuzilishi natijasida
shakllangan madaniyat turi va tashkilotning boshqa rivojlanish
omillari to‘g ‘risida axborotlarni to ‘plash va qayta ishlash yo‘li bilan
o ‘tkaziladi. Bunga intervyu, anketa o‘tkazish, kuzatish, hujjatlarni
o ‘rganish kabilar kiradi. Yondashuvlar, uslub va usullar aniq yoki
maxsus uslublar deb nomlanadi. Aniq uslublar klassifikatsiyasi:
funksional kichik tizimlami boshqarish uslublari; menejment
funksiyalarini bajarish uslublari; boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uslublari.
Birinchi yo‘nalish tashkilot strukturasi bilan bog‘liq. Ikkinchi
yo‘nalish menejment funksiyalari bilan bogMiq. Uchinchi yo‘nalish
boshqarish jarayonini muammolarni yechish jarayonlari to ‘plami
sifatida tasavvur qilishga asoslanadi. Shunga mos ravishda barcha
uslublar quyidagi guruhlarga boMinadi: muammolarni q o ‘yish uslu
blari, muammolarni yechish uslublari, qabul qilingan qarorlarning
bajarilishini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: